534
— Uni matndagi 1-gap bilan solishtiring. Darak gapdagi qaysi so‘z so‘roq so‘z
bilan almashtirilganini aniqlang.
(O‘g‘lining
so‘zi
kimning
so‘zi
bilan
almashtirilgan.)
— Matndagi gaplarni so‘roq gapga aylantirish uchun nima qilish kerak?
(Gapdagi biror so‘zni so‘roq bildiradigan so‘z bilan almashtirish kerak.)
—
Hakimbek
so‘zi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? (Kim?)
—
Hakimbek
so‘zi o‘rnida (Kim?) so‘roq so‘zini qo‘llab gapni o‘qing. Shu
gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini ayting. (Kim olti yoshga to‘ldi? So‘roq gap.)
Oxirgi gapni o‘quvchilar mustaqil ravishda so‘roq gapga aylantiradilar.
Matnni qayta hikoyalatish uchun tuzgan so‘roq gaplariga javob beradilar.
Alp
so‘zining ma’nosini o‘qib, bilib oladilar.
7- mashq. Matndagi gaplarni o‘quvchilar tugallangan ohang yordamida gaplarga
ajratib o‘qiydilar. Matnning salomlashish odobi haqida
ekanligini aytadilar va
matnga „Salomlashish odobi", „Odob salomdan boshlanadi"
kabi sarlavhalar
qo‘yadilar. Matndagi gaplarning chegarasi aniqlanadi. O‘quvchilar
zarur tinish
belgilarini qo‘yib ko‘chiradilar. Yozganlarini darslikka qarab tekshiradilar.
Savol-javob metodida gaplarning maqsadga ko`ra
turlari va ular oxiriga
qo`yiladigan tinish belgilari aniqlanadi:
-Matndagi gaplarning maqsadga ko‘ra turi aniqlanng.
-Har bir gapni qayta o‘qib, turini ayting.
-1-, 2-, 3- gaplar qandayr mazmunni bildiradi?
-Tinch, xabar ohangi bilan aytilyapti. Shuning
uchun ular darak gap deb
yuritiladi.
-Ularning oxiriga qaysi tinish belgisi qo`yiladi?
-Nuqta qo`yiladi.
-4- gap qanday ohangi bilan aytiladi?
-4- gap buyruq ohangi bilan aytiladi. U salom berishni unutmaslik haqida buyruq
ma’nosini ifodalagan. Shuning uchun u buyruq gap.
Kuchli buyruq ifoda etgani
uchun uning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi,