532
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o`stirish,
lug‘atini yangi so‘zlar bilan boyitish. Topishmoqlar orqali zehnini o‘stirish.
TK: Nutqiy komp. O`qituvchining savollariga og`zaki va yozma to`g`ri hamda
savodli nutq bilan javob beradi.
Lingvistik komp. Gap, so`z, ohang, tinish belgi, nuqta, so`roq belgisi, so`roq
kabi lisoniy tushunchalarni farqlaydi.
Darsning turi:
takrorlash va mustahkamlash darsi.
Darsning metodi:
suhbat metodi.
Darsning jihozi:
„Alpomish" asari, hadislardan namunalar (tarqatma material
shaklida).
Darsning borishi:
1.O‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
Uy vazifasi qilib
berilgan
4- mashq
yuzasidan suhbat:
-Matnni o`qing. Unda nechta gap berilgan?
-Gaplarni tinish belgilariga rioya qilib o`qing.
- Har bir gapning oxiriga tinish belgisining qo`yilish sababini izohlang.
-Gap qanday mazmun bildiryapti?
Doskaga „Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun nima qilish kerak?" so‘roq
gapi va unga o‘quvchilarning bergan javobi yoziladi.
Bu gap yuzasidan suhbat
uyushtiriladi. (Vatanning sevimli farzandi bo‘lish uchun ko‘proq bilim olish kerak.)
2. Darslik bilan ishlash.
5- mashq.
She’r ifodali o‘qitiladi. She’rning muallifi kirn? (She’riy parcha shoir
Sulton Jo‘raning „Kimning xati chiroyli" she’ridan olingan.) She’r husnixat bilan
yozdiriladi. Yozuvdagi kamchiliklarni darslikdagi namunaga qarab aniqlaydilar va
izohlaydilar. She’r necha gapdan tuzilgan? (4 gapdan tuzilgan.)
Uni qanday
aniqladingiz? (Misralar oxiridagi tinish belgilariga va ohangiga qarab.) She’r
necha
qatordan iborat? (4 qatordan) Har bir qator qanday harf bilan boshlangan? Nima
uchun? (She’rning har bir qatori bosh harf bilan boshlangan. Chunki gapning 1 -
so‘zi bosh harf bilan yoziladi. Bundan tashqari, she’rning har bir misrasi ham bosh
harf bilan boshlanadi.)