O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   416
2. Mustaqil ish. 
O‘quvchilarga oila yoki o‘rtoqlaridan biriga murojaat qilib, gap 
tuzish va husnixat bilan yozish mustaqil ish qilib beriladi. 
III. Uyga vazifa. 
68- mashq sinfda og‘zaki bajariladi, o‘qituvchining o‘zi 
she’riy matnni o‘quvchilarga undalmani ta’kidlab o‘qib beradi. Bolalar undalmani 
eshitish orqali aniqlaydilar. Undalma misraning qaysi o‘rnida (1- misraning oxirida 
— 
Baxtiyor, 
2- misraning oxirida 
jon bolam, 
3- misrada o‘rtada — 
ay a) 
kelayotganini aytadilar. 
Uyda o‘quvchilarga 1- to‘rtlikni ko‘chirib, undalmaning tagiga chizib kelish 
topshirig‘i beriladi.
 
IV

Dars
„Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?" savoliga javob olish bilan 
yakunlanadi.
V. O‘quvchilarni rag`batlantirish. 
Ona tili darslarida o’quvchilarni grammatik tushunchalar bilan tanishtirish 
jarayonida ularda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish ko`nikmalari shakllantirib 
boriladi. Bu yozma nutqning savodli bo`lishini, og`zaki nutqning ifodaliligini
tushunarliligini ta`minlaydi.
 


542 
ORFOGRAFIYA O’RGATISH METODIKASI
O’qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik 
yoshdagi o’quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini 
belgilaydi. 
Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To’g’ri yozuv – maxsus nutq faoliyati. 
Yozuv ham murakkab harakat bo’lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq 
faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to’g’ri tuzish, so’zni uslubiy 
aniq qo’llashni ham o’z ichiga oladi. 
Imloviy malaka murakkab malaka bo’lib, uzoq davom etadigan mashqlar 
jarayonida yaratiladi va so’zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik 
tarkibini aniqlash ko’nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani 
avtomatik harakat, yaoni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli 
harakat deb belgilaydi. Avtomatlashish o’rganilgan imlo qoidasining oson yoki 
qiyinligiga bog’liq. Imloviy malaka o’z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka 
asosiga qo’yilgan ko’nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshilanadi 
(harakat tezlashadi, aniq va to’g’ri bo’la boshlaydi, ishonarli va tejamli 
bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta quriladi: mayda birlik 
bilan ishlash kengroq, butun, qo’shilgan birliklar bilan ishlashga o’tadi (masalan, 
so’zni harflab ko’chirish, bo’g’inlab ko’chirish bilan, keyin so’zni yaxlit 
ko’chirish bilan, so’ngra u gapni ko’chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi 
avtomatlashadi, imloga oid boshqa hodisa o’rganiladi va asta-sekin so’zni to’g’ri 
yozish malakasi hosil bo’ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat sifatida ongli 
jarayonligicha qoladi. 
To’g’ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o’quvchidan fikrlash faoliyati 
talab etiladi. Biror to’g’ri yozuv hodisasini o’zlashtirish uchun o’quv va yodda 
saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tatbiq etiladi. Bunda grammatik va imloviy 
hodisalarning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan 
foydalanish hamda so’z va so’z shakllarini ma`lum grammatik yoki grafik guruhlarga 
ajratish, muayyan tizimga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish 
muhim o’rin tutadi. 


543 
SHunday qilib, orfografiyani o’rgatishda, grammatikani o’rgatish kabi, 
o’quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin