1. Anvar, Islom—Tohir qushlarga in yasashdi. 2. Ko‘chada Lolani ko‘rdim,— gaplashmadim. 3. Odamlar bilan xushmuomala bo‘ling, — sergap bo‘Imang. Mustaqil ish yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
— 1- gapdagi uyushiq bo‘laklarga so‘roq bering. Uyushiq bo‘laklar qaysi so‘z
turkumi bilan ifodalangan? (Kim?
Anvar, Mom, Tohir. Ot bilan ifodalangan.)
— Uyushiq bo‘laklar gapda qanday vazifada kelgan? (Ega bo‘lib kelgan.)
— Birinchi gapdagi uyushiq bo‘laklar orasiga qaysi so‘zni qo‘ydingiz?
(va so‘zini qo‘ydik.)
— O‘ylang,
va so‘zi qanday vazifani bajaryapti?
va so‘zi yozilgan o‘rinda vergul
qo‘yiladimi?
(va so‘zlarni bir-biriga bog‘layapti. U yozilgan o‘rinda vergul
qo‘yilmaydi.)
— 2- gapdagi uyushiq bo‘laklarga so‘roq bering. Qaysi so‘z turkumi bilan
ifodalanganini, gapdagi vazifasini aniqlang.
(Nima qildiml ko‘rdim, gaplashmadim. Fe’l so‘z turkumi bilan ifodalangan. Gapda kesim vazifasida kelgan.)
— Uyushiq bo‘laklar orasiga qaysi so‘zni qo‘ydingiz?
(lekin so‘zini qo‘ydik.)
—
lekin so‘zi ham uyushiq bo‘laklarni bog‘laydimi? Uyushiq bo‘laklar orasida
lekin so‘zi qo‘llansa vergul qo‘yiladimi yoki qo‘yilmaydimi?
(lekin so‘zi uyushiq
bo‘laklarni bog‘laydi,
lekin so‘zidan oldin vergul qo‘yiladi.)
Test.
1. Ega uyushib kelgan gapni belgilang.
A. Bugun majlisda o‘qituvchilar va ota-onalar qatnashdilar.
B. Biz jismoniy tarbiya darsida yugurdik, sakradik.
2.
ammo bilan bog‘langan uyushiq bo‘lakli gapni belgilang.
A. Akrom o‘qidi, ammo yozmadi.
B. Gulzorda oq, qizil, pushti gullar ochilgan.
6. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
MAVZU: Undalma