Lug at ishi: a)
muallim, piyoda so‘zlariga
o‘qituvchi, ustoz (domla eskirgan),
yayov so‘zlari ma’nodosh bo‘ladi;
b) shu so‘zlarning imlosi ustida ishlanadi.
Avvalo so‘zning talaffuzi bilan aytilishi taqqoslanadi, farqi aniqlanadi. So‘zning
qaysi o‘rnida xato qilishlari mumkinligi o‘quvchilarga topshiriladi.
Keyin imlosi o‘rganilayotgan so‘z bo‘g‘in - tovush, tovush - harf jihatdan tahlil
qilinadi. Masalan,
piyoda so‘zini bo‘g‘inlarga bo‘ling. 1- bo‘g‘inni ayting.
Tovushlarni ketma-ket ajratib ayting. 2- bo‘g‘inni ham shu tarzda tovushlari
sanatiladi. Har bir tovushni lfodalovchi harf aniqlatiladi. So‘ng doskaga o‘quvchilar
diqqati jalb etiladi:
pi-yo-da. Lug‘at ishidan so‘ng o‘quvchilarning shu so‘zlardan foydalanishlari uchun
zarurat, ehtiyoj tug‘dirilishi kerak. Masalan,
qishloqdasiz, mashinangiz ham, ot- ulovingiz ham yo‘q. Xolangiznikiga borishingiz kerak. Qanday borasiz? (Hech narsa
yo‘q bo‘lsa,
piyoda boraman.)
Darsda o`rganilganlar umumlashtirilib, yakunlanadi. Uyga vazifa: 8- mashq uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilar gap oxiridagi
tinish belgilariga, ohangiga va bosh harflarga qarab aniqlashlari tushuntiriladi.
(Topishmoq matni 9 ta gapdan tuzilgan.) Gaplarning 8 tasi darak gapga, 1 tasi so‘roq
gapga kiradi.
MAVZU: Uyushiq boiaklarning bog‘lanishi 1.Ta`limiy maqsad: o‘quvchilarning uyushiq bo‘lakli gaplarni sanash ohangi
bilan o‘qishga, uyushiq bo`laklarni bog‘lovchi vositalarni qo`llashga, yozuvda tinish
belgilarini to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish.
2. Tarbiyaviy maqsad: bolalarda axloqiy fazilatlarni egallashga intilish hisini
uyg‘otish, o‘quvchilarda tabiatni sevish, tabiatdagi o‘simliklar-u hayvonlarga
nisbatan ijobiy munosabat va mehr hisini uyg‘otish. Ularga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini
singdirish.