O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə321/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   416

tovushi 

deb eshitilsa ham

harfi yoziladi va 
hokazo.) 


526 

Tarvuz 
so‘zi necha bo‘g‘inli? (2 bo‘g‘inli, 
tar-vuz)
— 
Nima uchun 2 ta bo‘g‘inga ajratdik? (Chunki bu so‘zda 2 ta unli ishtirok 
etgan.) 
— Topishmoqda yana nechta 2 bo‘g‘inli so‘zlar qatnashgan? (To‘-ni, sil-liq, 
tu-ki, po‘-ki, i-chi, qi-zil, ko‘-ki, u-ni, chumchuq, ni-ma, qi-zim, Qun-duz, bu-mi, 
tar-vuz.) 
— Topishmoqdagi qofiyadosh so‘zlarni toping. (
Tuki, po‘ki, ko‘ki; Qunduz, 
tarvuz 
so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlar.) 
II.O`tilgan ma`vuni mustahkamlash.
1.Darslik bilan ishlash. 
9- mashq. Matn kim haqida ekanligi so‘raladi. (Ibn Sino haqida.) Abu Ali ibn 
Sino haqida qisqacha ma’lumot beriladi. (Abu Ali ibn Sino X - XI asrlarda Buxoroda 
yashagan buyuk olim. Ibn Sino astronomiya, tibbiyot, matematika kabi fanlar bilan 
shug‘ullangan. Uning „Tib qonunlari" asari hozirgi tibbiyotimiz asosini tashkil 
etadi.) 
Matnga „Bilim g‘ori", „Bilimga tashna olim" , „Ibn Sinoning irodasi" kabi 
sarlavha qo‘yiladi va zarur tinish belgilari qo‘yib ko‘chiriladi. 
— Matndagi 3- gapni so‘roq gapga aylantiring. (Corning og‘zi bir yilda necha 
marta ochilib, yana berkilar ekan?) 
Gapdagi 
og‘iz 
so‘ziga e’tibor bering-chi. Og‘iz o‘zi nima? (Odamlar va 
hayvonlardagi ovqat yeyish va gapirish a’zosi.) 

Corning og‘zi 
deganda ham shu ma’no tushuniladimi? (Yo‘q. 
G‘orning 
og‘zi 
bu 
g‘orning boshlanish qismidir.)
— Demak, g‘orning og‘zi birikmasidagi og‘iz so‘zi o‘z ma’nosida emas, balki 
ko‘chma ma’noda qo‘llangan ekan. 
Odamning yana boshqa tana a’zolari ham ko‘chma ma’noda qo‘llanadimi? 
Misollar keltiring. (Stolning oyog‘i, derazaning ko‘zi va hokazo.) 
Yozgan matnni darslikka qarab tekshirib chiqiladi. 
10- mashq shartiga ko‘ra bajariladi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan boshlab, gap 
tuziladi. 


527 
1. Odob aqlning tashqi suratidir. 
Gapning nima haqida ekanligi so‘raladi. (Gap inson odobi haqida ekan. Odob 
kishining aqli qay darajada ekanligini ko‘rsatadi.) 

Surat 
so‘zini yana qanday so‘zlar bilan almashtirish mumkin? 
(Rasm, 
ko‘rinish
so‘zlari bilan almashtirish mumkin.) 
Aqldan ortiq boylik yo‘q. 
— Gap nima haqda ekan? (Gap aql haqida ekan.) 
Aqlli bo‘lish uchun nima qilishingiz kerak? (Kitob o‘qishimiz, sport bilan 
shug‘ullanishimiz kerak.) 
— Vaqtini bekor o‘tkazgan odam qanday odam bo‘ladi? (Aqlsiz odam bo‘lar 
ekan.) 
— Bu gap ifoda maqsadiga ko‘ra qanday gap? (Darak gap.) 
— Nima uchun? (Bu gap xabar mazmunini anglatadi.) 
Mehnat baxt keltiradi 
gapi qanday mazmun bildiryapti? (Bu gap ham xabar mazmunini bildiryapti.) 
Uchta gap ham qanday ohang bilan aytilyapti? (Gaplar tugallangan ohang bilan 
aytilyapti. Xabar ohangi bilan aytilyapti. Bu gaplar tinch ohang bilan aytilyapti.) 
Tahlil qilinadi. 
3- gap so‘roq gapga aylantiriladi. (Nima baxt keltiradi?) 
— So‘roq gapdagi 
nima 
so‘zi qaysi so‘zi bilan almashtirilgan? (
Nima 
so‘zi 
mehnat 
so‘zi bilan almashtirildi.) 
— Bu gap yuqoridagi darak gapdan nimasi bilan farq qiladi? (Bu gap ohangi 
bilan farq qiladi. Bu gapda nima? degan so‘roq so‘zi ishtirok etgan.) 
O‘quvchilarning diqqati 
aql, baxt, odob, mehnat 
so‘zlarining yozilishiga 
qaratiladi. Bu gaplar nutqda naql, maqol deb yuritilishi aytib o‘tiladi. Gaplar 
husnixat bilan yozdirilgach, darslikka qarab tekshirtiriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin