O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə317/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   416
1. Gaplarni yoyish.
Buning uchun gapning qaysi bo’lagi yoyishni talab qilishi 
aniqlanadi. Masalan, 
“Daraxtlar gullaydi”
gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va 
kesim (gapning asosi) ajratiladi.
– Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so’zni qo’shish 
kerak?
– Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
– Bu so’z gapning qaysi bo’lagi bo’ladi? (Ikkinchi darajali bo’lak)
– U gapning qaysi bo’lagiga bog’lanadi, yaoni tobelanadi? (Kesimga 
bog’lanadi)
– Gapga egani izohlaydigan yana bitta so’z qo’ying. Qanday gap hosil bo’ldi? 
(Mevali daraxtlar bahorda gullaydi). 
2. So’zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash.
Avval gapning asoslari (ega 
va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so’ng so’roqlar yordamida ikkinchi darajali 


519 
bo’laklar (so’z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, 
Mashinada, teradi, 
terimchi, paxtani.
– Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, 
kim?
– terimchi) 
– U haqda nima deyilgan? (Teradi. 
Terimchi teradi
– bosh bo’laklar). 
– So’roqlar yordamida so’z birikmasini toping. 
Nimani teradi?
(Paxtani
teradi) 
Nimada teradi?
(Mashinada teradi). Keyin gapda so’zlarning qulay tartibi 
aniqlanadi 
(Terimchi paxtani mashinada teradi).
Gap ohanggi ustida ishlanadi. 
3. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. 
Mashqning bu 
turi ongli bo’lishi uchun har bir gapning bosh bo’laklarini va so’z birikmalarini 
ajratish lozim. 
4. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish.
Gap tahlil qilinayotganda dastlab 
uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo’lak, kesimni 
izohlovchi ikkinchi darajali bo’lak, boshqa ikkinchi darajali bo’lakni izohlovchi 
ikkinchi darajali bo’lak ajratiladi. SHunday qilib, asta-sekin so’z birikmalari ham 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin