513
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SINTAKTIK TUSHUNCHALAR USTIDA
ISHLASH METODIKASI
Gap ustida ishlash.
Boshlang’ich sinflarda
ona tili darslarining muhim
vazifalaridan biri o`quvchilarning fikr ifodalashda gapdan ongli foydalanish
ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya
sintaksis asosida
o’zlashtirilgani uchun tilni o’rganishda gap ustida ishlash markaziy o’rin egallaydi.
Gap nutqning asosiy birligi bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son,
olmosh, fe’l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida
bilib oladilar. O’quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar.
So’zning leksik ma`nosi va uning qo’llanish xususiyatlari so’z birikmasi yoki gapda
ma`lum bo’ladi. So’z gapda bir ma`noli bo’ladi (gapdan tashqari bir necha ma`no
ifodalash mumkin).
Boshlang`ich sinfda gap yuzasidan o`quvchilarga quyidagi bilimlar hosil
qilinadi:
1. Gap haqidagi grammatik tushuncha shakllantiradi (til birligi bo’lgan
gapning muhim belgilari: fikr ifodalashi, kishilar o`zaro
gap orqali muloqotga
kirishishi).
2. Gap qurilishi haqida tushuncha beriladi (gapda so’zlarning bog’lanishi,
gapning grammatik asosini, bosh bo`laklar: ega va kesim;
ikkinchi darajali
bo’laklar).
3. Gapning maqsadga ko`ra turlari (darak gap, so`roq gap, buyruq gap, his-
hayajon gap)
O`quvchilarda quyidagi ko`nikma va malakalar shakllantiriladi:
1.Gapni boshqa til birliklarida farqlash (matndan, so`zdan, birikma va
iboralardan).
2. Gapni tugallangan ohang bilan o`qish va gap oxirida ovozni pasaytirish, gap
oxiridagi tinish belgisiga mos ohang tanlab o`qish.
3.Nutqda gapning maqsadga ko`ra turlarini farqlash va ulardan nutqda
foydalanish.
514
4.Gap bo`laklarini aniqlashda bosh so`zdan ergash so`zga so`roq berish va so`z
birikmalariga ajratish (atamalarsiz).
5. Gapning grammatik asosi
- ega va kesim ekani, ikkinchi darajali bo`liklar
gapning mazmunini to`liq ifodalashga xizmat qilishini bilish, ulardan foydalanish.
6. Gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so`zni so`roqlar
yordamida aniqlash, ega va kesimni farqlash.
7. Gapni uyushiq bo`laklar qo`shib
kengaytirish, ularning qaysi gap bo`lagi
ekanini aniqlay olish, uyushiq bo`laklar orasida tinish belgisini qo`llash.
8. Undalmalarni qo`llab gap tuzish va fikrning kimlarga qarata aytiganini
izohlay olish, undalmali gaplarda tinish belgisini qo`llash.
9. Gapda so’zlarni aniq qo’llash ko’nikmasini o’stirish.
10. Yozma nutqda gapni to’g’ri shakllantirish (bosh harf bilan boshlash,
tegishli tinish belgilarini qo’yish, so`zlarni alohida yozish).
11. Matnni gaplarga ajrata olish.
Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so’zlardan gap tuzib bo’lmaydi.
Agar o’quvchilar gapning bosh bo’laklarini
ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit
birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini
tashkil etadi.
Gapni o’rganish va nutqda undan foydalanish ko’nikmasini
shakllantirish
o’quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.
O’quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida
xabar berish ehtiyoji
tug’iladi. U o’z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish
talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: