O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’qituvchi bergan chizma yoki so’roqlar asosida gap tuzish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   416
5. O’qituvchi bergan chizma yoki so’roqlar asosida gap tuzish:
Kim? 
nimalarni? nima qildi?
 
(Bola olmalarni terdi). 
So’z birikmasi ustida ikki yo’nalishda ish olib boriladi: 
1) so’z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi; 
2) so’z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, 
soat
– 
so’z, 
oltin soat, qo’l soat, osma soat, elektron soat
– so’z birikmalari. 
Ona tili darslarida o`quvchilarni gapni qayta tuzish va ijodiy gap tuzishga 
o`rgatish nutq o`stirishda muhim ahamiyatga ega. Ko’pgina o’qituvchilar 
o’quvchilar tuzgan gaplarning mazmuniga bee’tibor qaraydilar. Masalan, 4-sinfda
o’quvchilar “Partada daftar, kitob turibdi. Bolalar kitob o’qiyapti. Baliq suvda 
suzadi” kabi grammatik jihatdan to’g’ri, lekin bolalar bilimini boyitmaydigan, 
ularning nutqi va tafakkurini rivojlantirmaydigan mazmunan sayoz gap tuzadilar. 
Ba’zi o’qituvchilar o’quvchilarning gap tuzishlari uchun muayyan mavzuni tavsiya 
etadilar, lekin mavzuni aytib qo’yish bilan hayotiy hodisalarni ifoda etadigan 
mazmunli gap tuzilib qolmaydi. Hayotni to’g’ri va aniq, ta’sirchan tasvirlash uchun, 


520 
bayonning hayot haqiqatiga mos kelishi taqozo qilinadi. O’qituvchi o’quvchilarning 
voqea-hodisalarni haqiqatga yaqin ifodalashlari haqida qayg’urmasdan ulardan 
chiroyli so’zlar bilan ifodalashni talab qilishi metodik jihatdan noto’g’ri hisoblanadi. 
O’quvchi ko’rgan-kechirganlarini, yaxshi bilganlarini, his qilganlarinigina 
mazmunli va ishonarli hikoya qilishlari mumkin. Bunga erishish uchun o’quvchilar 
tomonidan tabiat va insonlar mehnati chuqur o’rganilishi, kuzatish ishlari amalga 
oshirilishi lozim. Fikr va taassurotning aniq, to’g’ri, tushunarli va ta’sirchan 
ifodalanishi tuzilgan gaplardagi so’zlarning qo’llanishiga bog’liq. O’quvchi gapda 
so’zlarning o’zaro munosabatini, ularning mazmunan bog’liqligini, muayyan 
mavzuning mazmunini aniq yoritib berish uchun ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlarni 
o’zaro qiyoslab, ular ichidan maqbulini tanlab, o’rnida qo’llay bilish ko’nikmalarini 
egallashlari, ma’nodosh so’zlar, antonimlar, ko’p ma’noli so’zlar ustida ishlash gap 
tuzish ishlari bilan bevosita bog’liq. Ma’lumki, o’zbek tili lug’atidagi ko’pgina 
so’zlar ko’p ma’nolidir. Ularning ma’nolari faqat gap tarkibida aniqlanadi. 
O’quvchi gapda so’zlarni ma’no jihatdan bog’lash jarayonida yaqin ma’noli va 
ma’nodosh so’zlarni taqqoslaydi, ulardan birini tanlaydi va aniq xulosaga kelib 
gapda qo’llaydi.
Gap ustida olib borilgan ishlar o’quvchini sintetik ishlarga o’rgatadi. O’quvchi 
turli ma’nodagi so’zlarni muayyan tartibda joylashtirib butun bir gapni tuzadi.
Bunda o’qituvchi, avvalo, so’z tanlashga, ularni muayyan tartibda joylashtirish 
ustida ishlashga e’tibor qaratishi, berilgan bir xil so’zlarning gapda turli o’ringa 
joylashtirilishi gap mazmuniga ta’sir qilishini o’quvchilarga anglatishi lozim.
Boshlang’ich sinf ona tili darsliklarida berilgan namuna asosida gap tuzish, gap 
tuzishga doir ijodiy va konstruktiv mashqlar so’zlarning o’rnini aniqlab, gapni 
shakllantirish o’quvchilarni o’ylashga majbur qiladi. 
Alohida berilgan so’zlarni o’z o’rniga qo’yib, qo’shimchalar bilan biriktirib 
gap tuzdirish kabi konstruktiv mashqlarni bajartirish o’quvchilar nutqida kam 
qo’llaydigan, umuman qo’llamaydigan so’zlarni ularning nutqiga kiritish, bu 
so’zlarning ma’nosiga diqqatini tortishi bilan ta’limiy ahamiyat kasb etadi. So’zlarni 
o’zaro bog’lab, o’z o’rniga qo’yib gap tuzdirish o’quvchilarni bayon va inshoda 


521 
so’zlarni o’z o’rniga to’g’ri qo’yib fikrini bayon qilishga tayyorlaydi. O’quvchilarga 
bir xil so’zlardan tuzilgan gaplarning mazmunidagi farqlarni izohlashga o’rgatish 
gapda so’zlarning o’z o’rni borligini, so’zlarning tartibini o’zgartirish aytilayotgan 
fikrning o’zgarishiga olib kelishini fahmlash ko’nikmasini o’stiradi. Masalan: 
1. Ertaga o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga dam olish uchun borishadi. 
2. Dam olish uchun o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga borishadi. 
3. Dam olish uchun o’quvchilar Abdulla Qodiriy bog’iga ertaga borishadi. 
So’zlarning tartibini belgilash va ulardan birini tanlash mazkur gapning boshqa 
gap bilan bog’lanishiga bog’liq. So’zlarni turli xil tartibda qo’llash orqali gap 
tuzdirish o’quvchidan aqliy faoliyatni talab etadi. Bunday mantiqiy fikrlashni 
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni bajarish orqali o’quvchilar gapda so’zlarning 
o’rni so’zlovchining maqsadiga bog’liq bo’lishini anglaydilar. 
O`qituvchi darsda o’quvchilarga darak gaplar tuzdirishdan tashqari, ko`proq 
so’roq va undov gaplar tuzdirishi ma`qul. Doim bir turdagi darak gaplarni tuzdirish 
o’quvchilarning tafakkuri va nutqini o’stirishga xizmat qilmaydi. Vaholonki
o`quvchi so’roq va undov gaplar tuzsa, voqelikka bo’lgan munosabatlarini ham 
ifodalaydilar.
Ona tili va o’qish darslarida gap tuzish va uning tahlili, ifodali o’qish mashqlari 
mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantiruvchi vositalardandir. 
Gap ustida ishlash o’quvchilarning bayon, insho yozish va og’zaki 
hikoyalashlarida maqbul usullardan hisoblanadi. 
O`quvcilar tahlil davomida grammatik tushunchalarini tartib bilan aytib 
bersalar-da, biror uyushtirilgan ekskursiyadan olgan taassurotlari so’zlab berishda 
bir voqeadan ikkinchi voqeaga sakrab o’tib ketadilar va yana oldingi voqea haqida 
gapirishga o’tib ketadilar. Izchillik talabini buzyaptilar. Ko’rinib turibdiki
grammatik tahlilda hech narsani dalillanmaydi.
O’qituvchining vazifasi o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni aniqlash va ularning 
diqqatini yo’l qo’ygan xatolarga tortib, xatosini to’g’rilashni talab qilishdir. 
Grammatika va o’qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. O’qituvchi 
o’quvchilarning chalkashishlaridan, noaniq javoblaridan, hodisani esidan 


522 
chiqarishidagi, taxminiy javoblaridan qoniqish hosil qilmasligi, aniq shakllantirilgan 
javob va tushuntirishlarini talab qilishi lozim. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari narsa va hodisalarni to’g’ri kuzatishlari va 
ulardan ishonarli xulosalar chiqarishi, ular nima haqada gapirsalar tushuntirish va 
asoslashni bilishlari kerak. O’qituvchi “Nima uchun sen bunday deb o’ylayapsan? 
Bu nima ekanligini isbotlab ber. Nima uchun shunday yozilishini asoslab ber” kabi 
savollarni berib, gap tuzishga qo`yiladigan talablarni har bir ona tili darsida eslatib 
turishi lozim.
Quyida gapning bosh bo’laklarini o’rganishga tayyorlovchi dars namunasini 
keltiramiz: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin