O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


ega  vazifasini bajaradi:  Biz mehnatni sevamiz



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   416
ega
 vazifasini bajaradi: 
Biz mehnatni sevamiz. 
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha 
mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi 
kelishikda ekanligi aniqlash, ularni o’zi bog’langan so’z bilan birikma tarzida 
ko’chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o’rniga topshiriqqa mos olmoshlarni 
qo’yish, ot o’rnida qo’llangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi 
topshiriqli mashqlar
 
bajartiriladi. 
Keyingi darslarda o’quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan 
turlanishi paytidagi imlosini o’zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va 
ularda kishilik olmoshlaridan to’g’ri foydalanib, nutqda uslubiy jihatdan to’g’ri 
qo’llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o’rinsiz va tinimsiz 
foydalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o’rinsiz 
ko’p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o’quvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon 
va insholari o’qib berilib, tahlil qilinadi. 
O’quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini 
man, san
tarzida sheva ta`siriga 
berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning 
yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklarni ham yo’qotishdir. 
O’quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish 
nutqiy g’alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Boshlang’ich sinflarda qanday so’z turkumlari o’rganiladi? Ularni 
o’rganishdagi izchillikni tushuntiring. 


510 
2. O’quvchilarga otni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz? 
Otga oid bironta dars ishlanmasini yozing. 
3. Boshlang’ich sinfda sifat so’z turkumi yuzasidan o’quvchilarga 
qanday bilimlar beriladi va ular qanday izchillikda shakllantiriladi? 
4. Sifatni o’rganish jarayonida o’quvchilarda qanday imloviy bilimlar hosil 
qilinadi? 
5. Sifatni o’rganish jarayonida o’quvchilar nutqini o’stirish yuzasidan qanday 
mashqlar o’tkazasiz? 
6. Son ishtirok etgan maqol, ertak, dostonlardan bolalarga mosini to’plang. Ular 
asosida tarqatma material tayyorlang. 
7. Son mavzusini o’rganishda qanday ko’rgazma materialdan foydalanish 
mumkin? Uning darsda foydalanish o’rnini va maqsadga muvofiqligini tushuntiring. 
8. Sonni o’tish bo’yicha bir soatlik namunali dars ishlanmasini tuzing.
9. Boshlang’ich sinflarda “Fe’l”ni o’rganish maqsadini ayting. Uni 
o’rganishdagi izchillik nimalardan iborat? 
10. 1-, 2-, 3-sinflarda “Fe’l” yuzasidan nimalar o’rganiladi? 4-sinfda-chi?
11. Kishilik olmoshlarini tushuntirishning eng qulay usuli haqida gapiring. 
12. Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda o’rgatiladi?
13. Kishilik olmoshlarining imlosi va talaffuzi ustida ishlash usullarini ayting. 
14. Kishilik olmoshlarini o’rgatish yuzasidan mashqlar tizimini ishlab 
chiqing. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin