O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


olmosh  deb yuritiladi.  Men, sen, u – kishilik olmoshlari.  Men



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   416
olmosh 
deb yuritiladi. 
Men, sen, u – kishilik olmoshlari. 
Men
I shaxsni, 
sen
II shaxsni, 
u
III shaxcni 
ko’rsatadi. SHundan so’ng 
biz, siz, ular
olmoshlari yuzasidan suhbat o’tkaziladi. 
Kishilik olmoshlarining birlik va ko’pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi 
paytda 
men, sen, u,
qaysi paytda 
biz, siz, ular
qo’llanilishi ustida ishlanadi. Egalik 
qo’shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so’zlovchi 
(men)
, tinglovchi 
(sen)
, o’zga 
(u)
eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog’lanadi. Olmoshning gapda asosan ega 
vazifasida kelishi aytiladi. 
Kishilik olmoshlarining ko’pligini tushuntirishda “Biz Vatan haqida ko’p 
maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan 
foydalanish mumkin. O’quvchilarning kishilik olmoshlari yuzasidan olgan 
tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga 
so’roq berish, qaysi so’roqlarga javob bo’layotganini aniqlash, matndan kishilik 
olmoshlarini topish, ularni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chirish, kishilik olmoshlari 
ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo’lak bo’lib kelayotganini aniqlash, 
kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik 
olmoshlarini tanlash va gap tuzish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam 
berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim 
matnlar shaxsini o’zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi. 
Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’tish. 
Kishilik 
olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’tishdan oldin shu mavzuni o’quvchilar 


508 
ongli o’zlashtirishlari uchun xattaxtaga kelishiklarga doir jadval osib qo’yiladi. 
Suhbat metodidan foydalanib shu jadval asosida kelishiklar haqidagi o’quvchilar olgan 
bilimlar takrorlanadi va ularning yangi mavzuni o’rganishlariga zamin tayyorlanadi:
– Nechta kelishik bor? Ularning nomini, qo’shimchasi va so’rog’ini ayting. 
– Kelishiklar qaysi so’z turkumiga qo’shiladi? 
– Kelishik qo’shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring.
O’quvchilar aytgan bitta gap xattaxtaga

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin