O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   416
Qiynamoq
– birovga ozor bermoq . 
 -Qiynalmoq 
– birovga ozor bergach, o’zining ezilishi. 
3.
Qiynamoq 
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib ayting. (Ozor 
bermoq, azob bermoq, zoriqtirmoq.) 
4.
Qiynalmoq
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib ayting. (
Ezilmoq, 
qiyinchilik sezmoq, zoriqmoq, azob tortmoq
.) 
5.
SHu fe’llarga qarama-qarshi ma`noli fe’llarni toping. (…) 
Husnixat darslarida bunday mashq turlari muntazam uyushtirib borildi. 
Natijada o’quvchilar nutqiy faoliyati holat bildiruvchi fe’llar Bilan boyishidan 
tashqari, ona tili darslarida o’rgangan ma`lumotlarini esladi. O’kish darslarida 
o’kigan asari qahramonlari haqida mustaqil fikr ifodalashni, ularga munosabat 
bildirishni o’rgandilar va bog’lanishli nutqi o’sdi.


503 
3-4-sinf ona tili darslarida holat bildiruvchi fe’llar ustida quyidagicha 
mashqlar uyushtirildi: 
1. Fe’llar ichidan ijobiy munosabatni bildiruvchi fe’llarni topib yozing. Bu 
topshiriq saylanma diktant shaklida qayta bajartirilib, o’quvchilar tushunchasi 
nazorat qilindi. 
2. SHu fe’llar ishtirokida kichik hikoyacha tuzing.O’quvchilar hikoyasidan 
namuna: 
Diloromning o’zidan kattalarni, o’rtoqlarini hurmat qiladi. Ulardan 
yordamini ayamaydi. Do’stlariga bergan yordamidan o’zi xursand bo’ladi.
Dilorom o’zini hurmat qilmaganlardan ranjiydi.

Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlashda kartochkalardan keng foydalanildi. 
Kartochkalarda quyidagicha topshiriqlar berildi: 
1 - kartochka 
Fe’llarni o’qing. Undagi fe’llar nima uchun guruhlarga ajratilgan? 
Sevinmoq, quvonmoq.
Sog’inmoq, , qumsamoq, ichikmoq. 
Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq.
2- kartochka
Tashvishlanmoq 
fe’liga jadvaldan ma`nodosh fe’l topib yozing. 
(
 Xavotirlanmoq, bezovtalanmoq, tashvishlanmoq.)
3 - kartochka 
Tinchlanmoq, tinchlantirmoq
fe’llari qaysi guruhga kiradi? Bu fe’llar nimasi 
Bilan farq qiladi? (Ishonchli holat ma`nosini bildiradi. Bu fe’llar ma`nolariga ko’ra 
farqlanadi. 
Tinchlanmoq
– “hayajonini, achchig’ini bosib olgan“ ma`nosini, 
tinchlantirmoq
– “hayajonga tushgan odam holatini bartaraf etmoq, tinch holatga 
keltirmoq“ ma`nosini bildiradi.) 
O’qish darslarida ham holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash orqali o’quvchilar 
lug’at boyligi oshirib borildi. Ma`lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilari asar 
voqealarga o’z shaxsiy munosabatini, o’qiganlarida olgan taassurotlarini, asar 
qahramonlari xususidagi fikrlarini ifodalab berishga qiynaladilar.Bunga o’rgatishda 
va o’quvchilar nutqini emotsional fe’llar Bilan boyitish maqsadida asar tahlilida 


504 
quyidagi topshiriqlar berildi. Masalan, Sunnatilla Anorboevning “Qo’rqoq“ 
hikoyasi o’qib-o’rganilayotganda quyidagi savol-topshiriqlar ustida ishlandi: 
-Hikoyaning boshida berilgan voqealarni o’qing. Bahromda qanday holatlar 
yuz berdi? (
O’rtoqlariga yurgin deb yalindi; ko’zini mo’ltillatib yotaverdi; ularning 
ketidan ura qochardi
.) 
-Bahromda o’rtoqlarining taonalaridan so’ng qanday holat yuz berdi? SHu 
o’rinni asardan topib o’qing va so’zlab bering. 
-Jumanazarda qanday holat yuz berdi? 
(achindi, rahmi keldi
.) 
-Hikoyadagi voqealar Bilan tanishganingizda sizda qanday hissiyotlar paydo 
bo’ldi? (Bahromga achindim. O’rtoqlaridan ranjidim, Bahromga havasim keldi, 
xursand bo’ldim, Bahromdek bo’lishga intildim…..) 
- “Qo’rqoq“ hikoyasida yozuvchi holat bildiruvchi qaysi fe’llardan 
foydalangan? (…….) 
Uyga vazifa o’quvchi uchun mustaqil ish. Uning qaydaraja olgan bilimlarini 
amalga tadbiq eta olishi uyda bajarib kelgan vazifasida ko’rinadi. SHuning uchun 
o’kish darslarida uyga “Laqma it“ asaridan itning holatini ifodalovchi fe’llarni topib 
yozing.(sovqotadi, yolvoradi, tumshayib yurar, yalinar) “Laqma it“ asari 
o’rganilayotganda, “Asardagi qaysi qahramon hamma hayvonlarni bezovta qildi? 
savoli berildi (it) va 
bezovta qildi
fe’lining ma`nosi so’raldi. O’quvchilar qayta 
hikoyalashda shu kabi fe’llardan foydalanishlari ta`kidlandi. “Tushovli toy“ 
hikoyasidan tushovlangan toyning holatini ifodalovchi fe’llarni topib yozing. 
O’quvchi fe’llarni topish uchun asarni qayta-qayta o’qiydi va fe’llarni – harakat-
holat bildiruvchi so’zlarni boshqa so’z turkumlaridan farqlab oladi, yaoni grammatik 
tushunchalarni ham mustahkamlab boradi.
“Eozoz“ hikoyasi yuzasidan quyidagicha topshiriq berildi:-Hikoyadan holat 
ifodalovchi fe’llarni topib, ularning ma`nosini “Izohli lug’at“dan aniqlang. Ularni 
lug’at daftaringizga yozing. (
qayg’uradilar, o’ylanadilar
.) 
Yuqoridagi kabi mashqlardan so’ng o’quvchilarning lug’at boyligini aniqlash 
maqsadida insho yozdirdik. Holat bildiruvchi so’zlar yuzasidan mashqlar 
o’tkazilmagan vaqtda o’quvchilar yozma ishida atigi 7tagina holat bildiruvchi fe’llar 


505 
ishtirok etgan bo’lsa, maxsus shug’ullanishlardan so’ng 10dan ortiq holat 
bildiruvchi so’zlardan foydalandilar. Fe’llarning ma`nodoshlarini qo’llab nozik
hissiyotlarini ham ifodalashga harakat qilishgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari lug’atini fe’llar bilan boyitish va nutqini 
o’stirish uchun fe’llarning ma`nosini o’z so’zlari bilan izohlash, undan nutqda 
foydalanishga ehtiyoj sezadigan vaziyatni yuzaga keltirish, fe’lning to’g’ri talaffuzi 
va imlosini o’zlashtirishlari uchun turli shakl va mazmundagi mashqlar bajartirish 
yaxshi natijalarni berdi.
Holat bildiruvchi fe’llar ustida ishlash o’quvchilarni axloqiy jihatdan 
tarbiyalashga, nutq madaniyatining shakllanishiga katta yordam berdi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin