O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   416
bo’lishli fe’llar
deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning 


496 
bajarilmaganligini 
(o’qimadi, so’zlamadi)
, hozir bajarilmayotganini 
(o’qimayapti),
keyin ham bajarilmasligini 
(bormaydi)
bildiradi. Bunday fe’llar 
bo’lishsiz fe’llar
deyiladi. 
O’quvchilar bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni so’roqlari bilan ikki ustun 
shaklida yozadilar va so’roqlarini bo’lishsiz fe’l qanday hosil bo’lganini aytadilar. 
O’quvchilar bilimi mashqlar bilan mustahkamlanadi, bo’lishsizlik qo’shimchasi 
-ma
-mi
shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha 
-ma 
shaklida yozilishi 
tushuntiriladi. O’quvchilarda bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni ma`nolariga qarab 
farqlash ko’nikmasini o’stirish uchun bo’lishli fe’ldan bo’lishsiz fe’l hosil qilish, 
bo’lishsiz fe’llarning talaffuzi va yozilishini qiyoslash, bo’lishsiz fe’llar bilan gaplar 
tuzish mashqlaridan foydalaniladi. 
4-sinfda fe’lni o’rganish.
Bu sinfda fe’lni o’rganishning vazifalari quyidagilar: 
1. Fe’lning shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo’shimchasi bilan 
o’zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko’nikma hosil qilish; fe’lning 
leksik ma`nolari, bo’lishli va bo’lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni 
chuqurlashtirish. 
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish malakasini rivojlantirish. SHu 
maqsadda nutqda ma`nodosh va zid ma`noli fe’llardan matn bilan bog’liq holda o’z 
va ko’chma ma`noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan 
mashqlardan foydalanish. 
3. Zamon qo’shimchalarining talaffuzi va yozilishi haqidagi ko’nikmani hosil 
qilish. 
4. Qo’shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani 
berish va dastlabki ko’nikmani hosil qilish hisoblanadi. 
Fe’l zamoni shaklining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, yaoni ish-
harakatning nutq so’zlanib turgan paytda, undan oldin va keyin bajarilishini 
taqqoslash asosida ochiladi. O’quvchilar o’zlari bajargan yoki bajarayotgan 
harakatlarini kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama qiladilar. 
Xuddi shunga o’xshash kuzatishni tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar yuzasidan ham 
o’tkazadilar. Bu mavzu bahorda o’tiladi. SHuning uchun o’quvchilar kuzatish asosida 


497 
“Bahor keldi. O’rik, olcha gulladi. Gullar ochilyapti. Endi gilos pishadi. Bahordan 
so’ng yoz keladi. Yozda bolalar lagerga bormoqchi”
kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi 
fe’llarga so’roq berib, ish-harakatning bajarilish payti, yaoni ish-harakat 
bajarilayotganini (
nima qilyapti?
– o’qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (
nima 
qildi?
– o’qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (
nima qilmoqchi?
– 
yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig’ilgan bu leksik 
materiallar o’qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi: 
1.Fe’llar zamon bilan o’zgaradi

Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, 
o’tgan zamon, kelasi zamon. 
2. Hozirgi zamon fe’llari 
nima qilyapti?
so’rog’iga javob bo’ladi, hozirning 
o’zida, yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi. 
Z. O’tgan zamon fe’li 
nima qildi?
so’rog’iga javob bo’ladi, harakatning oldin,
yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi. 
4. Kelasi zamon fe’li 
nima qilmoqchi?
so’rog’iga javob bo’ladi, harakatning 
keyin, yaoni nutq so’zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. Boshlang’ich 
sinf o’quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan savoldan bilib oladilar. 
So’rokdan uning leksik ma`nosi ham bilinib turadi. 
Fe’lnimg zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o’quvchilarni so’roqlardan 
to’g’ri foydalanishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish 
uchun avval jamoaviy ravishda ishlanadi va o’quvchilar eotibori so’roq bilan fe’l 
zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish 
uchun fe’lning II shaxs birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlang’ich sinflarda fe’lning 
bosh shakli o’rganilmaydi). Fe’lga so’roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi. 
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon 
kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. SHuning uchun “Fe’l” 
mavzusini o’rganish jarayonida fe’lni zamon qo’shimchasi bilan o’zgartirish mashqi 
muntazam o’tkazib boriladi. 
O’quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo’llashga o’rgatish maqsadida matnlardan 
foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l shaklidan foydalanishni 


498 
asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o’zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda 
ishlatib hikoya tuzish topshiriladi. 
Dasturga ko’ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. 
O’quvchilarda o’zbek tilida 3 shaxs: so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga 
(3-shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ko’nikma “Otlarning egalik qo’shimchalari 
bilan o’zgarishi” va “Kishilik olmoshlari” mavzulari o’rganilayotganda hosil qilingan. 
“Fe’llarda shaxs-son” mavzusi shu ko’nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi. 
Suhbat asosida kishilik olmoshlari 3 shaxsni, birlik va ko’plikni bildirishi 
eslatilgach, o’quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular 
tuzgan gap o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi 
(Men kitobni o’qidim)
. O’quvchilar 
men
1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar; 
o’qidim
fe’lini so’z 
tarkibiga ko’ra tahlil qilib, 
o’qi
– asos, 
-di
– o’tgan zamon qo’shimchasi, 
-m
ham 
qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-
harakat so’zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o’zga (3-shaxs) tomonidan 
bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs 
tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe’llarga qo’shilib, ish-harakatni bajargan 
shaxsni va sonni (ko’plik va birlikni) ham bildiradigan qo’shimchalar bor. 
Masalan, 
o’qidim
fe’lidagi 
-m
qo’shimchasi shunday ma`noni bildiradi, u shaxs-
son qo’shimchasidir. CHunki 
-m
o’qish harakatini bajargan shaxsni (1-shaxsni) 
va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, yaoni ham shaxsni, ham sonni 
ifodalayapti. O’qituvchi (xattaxtaga yozilgan gaplarni ko’rsatib) “Nuqtalar o’rniga 
gapning mazmuniga mos bo’lgan fe’llarning shaxs-son qo’shimchasini topib qo’yib, 
gaplarni o’qish” vazifasini beradi. Mashq o’qituvchi rahbarligida birgalikda 
bajariladi. 
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: 
Fe’llar shaxs-son qo’shimchalari bilan 
o’zgaradi. SHaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi. 
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko’nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos 
shaxs-son qo’shimchalarini qo’yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o’tgan, kelasi zamonda 
shaxs-son qo’shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so’z turkumi jihatdan tahlil qilish 
mashqlaridan foydalaniladi. 


499 
Bu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham ko’nikma hosil qilinadi. Mavzuni 
tushuntirish uchun fe’llar ko’proq bo’lgan matn tanlanib, matnni o’qish, so’roq berib 
fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O’quvchilar o’qituvchi 
rahbarligida vazifani bajaradilar.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin