O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   416
sog’inmoq, qumsamoq, ichikmoq, 
qayg’urmoq, qiynalmoq, toliqmoq, azoblanmoq, afsuslanmoq, siqilmoq, ranjimoq, 
alam qilmoq, ozor chekmoq, alam chekmoq, tashvishlanmoq, ozor bermoq 
kabi. 
2.Yaxshi ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar: 
shodlanmoq, sevinmoq, quvonmoq, 
tantana qilmoq, g’alaba qilmoq 
kabi. 
3. Hayajonli holatni ifodalovchi fe’llar: 
to’lqinlanmoq, hayajonlanmoq, 
hayajonga solmoq, bezovtalanmoq, urintirmoq, ovora qilmoq, ranjitmoq, 


501 
tashvishlanmoq, 
xavotirlanmoq, 
havotirga 
solmoq, 
hayron 
qoldirmoq, 
hayratlanmoq, to’lqinlanmoq, hovliqtirmoq, achchiqlantirmoq, achchiqlanmoq. 
4. Ishonchli, dadil holatni ifodalovchi fe’llar: 
dadillanmoq, jonlantirmoq, 
jonlanmoq, qizimoq, g’ayratlantirmoq, ruhlantirmoq, ovutmoq, tinchlantirmoq, 
ovunmoq, tinchlanmoq, tinchitmoq, hotirjam bo’lmoq, juo’at qilmoq
kabi.
5. O’ziga ishonchsizlik holatini ifodalovchi fe’llar: 
qo’rqmoq, xadiksiramoq, 
cho’chimoq, hurkmoq, nomus qilmoq, hijolat tortmoq. 
6. Hayron qolish, ajablanish holatini ifodalovchi fe’llar:
ajablanmoq, 
hayron bo’lmoq, hayratda qoldirmoq. 
7. Ijobiy munosabatni ifodalovchi fe’llar: 
sevmoq, hurmat qilmoq, zavqlanmoq, 
maftun bo’lmoq, qoyil qolmoq, shodlanmoq, zavq bilan qaramoq, ulug’lamoq, 
izzatlamoq, hurmatlamoq, erkalamoq, suymoq, silamoq, mehribonlik qilmoq.. 
8. Salbiy munosabat bildiruvchi fe’llar: 
nafratlanmoq, yomon ko’rmoq, 
achchiqlanmoq, jahli chiqmoq,, g’azablanmoq, bo’g’ilmoq, achchig’ini keltirmoq, 
achchiqlantirmoq, g’azablantirmoq, qahrlanmoq. 
9. O’zgalarning kechinmalarini his qilish holatini ifodalovchi fe’llar: 
istamoq, 
xohlamoq, ayamoq, achinmoq, tilamoq, rahm qilmoq, yoqlamoq, maoqullamoq, 
hamdard bo’lmoq.. 
Yuqoridagi fe’llar guruhi jadvalga solinib sinfga ilib qo’yildi. Bu fe’llarni 
o’quvchilar nutqiga kiritish uchun 4-sinfda husnixat darslarida yozilishi 
rejalashtirilgan harflar Bilan bog’liq holda holat bildiruvchi fe’llar yuzasidan 
quyidagicha topshiriqlar ishlab chiqdik: 
1.
n,m.r harflarini daftaringizga husnixat bilan yozing. 
2.
Bu harflar qaysi tovushlarni ifodalaydi? 
3.Fe’llar jadvalidan shu harflar ishtirok etgan so’zlarni topib yozing. 
O’quvchilar 
ranjitmoq, ranjimoq, achinmoq, hayron qoldirmoq
mamnun bo’lmoq, 
quvonmoq
kabi fe’llarni yozib oldilar.
4.Bu fe’llar qanday holatni bildiryapti? (O’quvchilar jadvalga qarab aytadilar.) 
5.Siz o’qigan qaysi asar qahramonida shunday holat bo’lgan? O’quvchilar 
Normurod Norqobilovning “Xarita“ asarida Samad va Rasul bo’lgan. Rasul 


502 
Samadni ranjitadi. Keyin o’zi uni hayron qoldirmoqchi bo’ladi. Xaritani chizgach 
quvonadi. 
6. 
Ranjidi
va 
ranjitdi
fe’llarining ma`nosidagi farqni ayting.(Ranjidi – bir odam 
boshqa odamdan ranjiydi, xafa bo’ladi. Ranjitdi – bir odam boshqa odamni xafa 
qiladi, ranjitadi.) 
-Odamlar qaysi holatlarda boshqalardan ranjiydi? (….) 
-
Havotirlanmoq, mamnun bo’lmoq, achinmoq, quvonmoq
fe’llari qaysi 
asardagi qahramonlarning holatini ifodalaydi? 
-“SHoira“ hikoyasidagi SHoira va uning onasini taoriflashda ishlatish mumkin. 
SHoirda o’rtog’iga achinadi.Unga uy ishlarida yordamlashadi. Onasi ishdan kelsa, 
SHoira uyda yo’q bo’ladi. Onasi xavotirlanadi. SHoiraning o’rtog’iga 
yordamlashganini ko’rib quvonadi, qizidan mamnun bo’ladi. 
Q harfi yozilishi rejalashtirilgan husnixat darsida ko’yidagi kabi ish turidan 
foydalanildi. O’quvchilarga qiynamoq va qiynalmoq fe’llari yozilgan kartochka 
ko’rsatildi va quyidagi topshiriqlar berildi: 
1. Bu so’zlar fe’llarning qaysi guruhiga kiradi? (Yomon holatni bildiruvchi fe’llar) 
2. Bu ikki fe’lning ma`nosidagi farqni izohli lug’atdan topib ayting? 
-

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin