O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Boshlang’ich sinflarda holat ifadalovchi fe’llar bilan o’quvchilar lug’atini



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   416
 
Boshlang’ich sinflarda holat ifadalovchi fe’llar bilan o’quvchilar lug’atini 
boyitish 
Biz ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas 
rivojlanib, boyib kelayotgan tilimizning vorislarimiz. O’quvchilarni tilning mavjud 
imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o’rgatish 
maktab ona tili ta`limi oldida turgan masouliyatli vazifalardan sanaladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tili va o’qish darslari berilgan lingvistik 
ma`lumotlar savollar asosida gapirtiriladi, ko’rgan va kuzatganlari, o’qigan badiiy 
asarlar matni og’zaki qayta hikoyalatiladi. Rasm asosida gap yoki matn tuzidiriladi. 
Biz o’quvchilarning javoblarida, tuzgan gap va matnlarida, qayta hikoyalashdagi 
nutqida qanday fe’llardan ko’proq foydalanishlarini o’rgandik. Ularning nutqida 
asosan so’zlashuv nutqida ko’p qo’llanadigan keldi, ketdi, aytdi, so’radi, gapirdi 
kabi fe’llarning ishlatilishini aniqladik. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqi 
his-tuyg’u, munosabat, axloqiy tushunchalarni va holat ifodalaydigan so’zlarga 
kambag’al ekanining guvohi bo’ldik. O’kuvchilar nutqiy faoliyatida asosan 
qo’rqmoq, xavotirlanmaoq, hayajonlanmoq, qizishmoq, yoqmoq
kabi fe’llardan 
foydalandilar. SHundan so’ng o’quvchilarning emotsional holat va munosabat 
ifodalaydigan fe’llardan kam foydalanishlarining sabablarini aniqladik. Sabablari 
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
1. Ona tili darsliklariga kiritilgan mashq matnlarida emoional holat ifodalovchi 
fe’llar kam qo’llangan. Masalan, 1- sinf “Ona tili“ darsligida yayramoq, sevinmoq; 
2- sinf “Ona tili“ darsligida jilmaymoq, xursand bo’lmoq, qiynalmoq, sevindi, 
sevinishdi, erkalandi, suyuldi, shodlandi kabi; 3- sinf “Ona tili“ darsligida darg’azab 
bo’lmoq, ta`sirlanmoq, sevinmoq, istamoq, yayramoq, yotsiramoq, najot istamoq, 
jonlanmoq, xursand bo’lmoq, xursand bo’lmoq, sog’aymoq kabi; 4- sinf “Ona tili“ 


500 
darsligida charchamoq, xursand bo’lmoq, jo’shmoq, zerikmoq, qiynalmoq, 
so’lg’inlashib, chimirilmoq, kulib qaramoq, nafratlanmoq, hazar qilmoq, yayrab 
ketmoq, baxramand bo’lmoq, quvonishardi, suyunib ketdi, xafa bo’libdi, hayron 
qolmoq, faxrlanmoq, zirillamoq, achinib ketishdi, mamnun bo’lmoq,yig’lamoq,
og’rinmoq, achinmoq, ezilmoq,qo’rqmoq, xavotirlanmoq, charchamoq, zavqlanmoq
kabi fe’llar qo’llangan. 
2. Ona tili darslari o’qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu yuzasidan 
so’z toptirishda, birikma yoki gaplar tuzdirishda keltirilgan misollardagi fe’llarga 
eotibor bermaydi. O’quvchilar kundalik hayotda ishlatadigan 
keldi, ketdi, uxladi, 
o’tirdi, gapirdi
kabi fe’llar bilan cheklanib qolmoqdalar.
3. O’qish darsligiga kiritilgan badiiy matnlar fe’llarning qo’llanishi, fe’llarni 
ma`no turlari nutqtai nazardan o’rganildi. Ularda emotsional holat ifodalovchi
so’zlar uchraydi. O’qituvchi asar bilan tanishtirilgandan so’ng yoki asar tahlili 
davomida bu fe’llar ustida ishlashi lozim va qayta hikoyalash jarayonida 
o’quvchilarni bu fe’llarni natqida qo’llashlarini talab qilishi kerak. 
O’quvchilarning emotsional holat va munosabat ifodalovchi fe’llardan kam 
foydalanishlarini, fe’llarning ko’pi asason ko’p ma`noli bo’lishini hisobga olib, ona 
tili, husnixat va o’qish darslarida ularning nutqini emoional holat va munosabat 
ifodalovchi fe’llar bilan boyitishni maqsad qilib oldik. O’quvsilar nutqini fe’llar 
bilan boyitish ustida ishlash ularning nutqiy fikrlash qobiliyatlarini va tilga 
sezgirligini rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi. O’quvchilarning nutqiy 
faoliyatida emoional holat ifodalovchi fe’llardan foydalanishga o’rgatishni 
osonlashtirish uchun bunday fe’llarni ko’yidagi guruhlarga ajratib oldik: 
1.Yomon ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin