541
— U sizga nima deb murojaat qilyapti?
— Gapda ifoda etilgan fikrni tushuntirib bering.
(Seni doim ota-onang,
do‘stlaring, Vataning sevib, ardoqlaydi. Sening kelajaging uchun qayg‘uradi,
Sening kelgusida tinch va farovon hayot kechirishing uchun bor kuchini ayamaydi.)
Shuning uchun shoir Abdulla Oripov: Bolajon, sen doim suyuksan, Bilib qo‘y,
iqboli buyuksan,
deyapti.
67- mashq.
Mashq sharti bir o‘quvchiga o‘qitiladi. Matnni ichda o‘qib,
undalmali gapni topish va daftarlariga ko‘chirib yozish vazifasi beriladi. Vazifani
birinchi bajargan o‘quvchi undalmani doskaga yozib, undalmaning tagiga chizadi,
fikrning kimga
qarata aytilganini izohlaydi, vergulning qo‘yilish
sababini
tushuntiradi. Undalma gapning qaysi o‘rnida kelgani so‘raladi.
Bolaning onasiga
qanday murojaat qilganiga o‘quvchilar diqqati qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: