552
-So`z o`zagida o`zgarish yuz berdimi?
Bu nima? (burun rasmi ko`rsatiladi)
-Burun so`zini doskaga yozing va o`qing. Burun so`zining talaffuzi bilan
yozilishini taqqoslang.Ularda qanday farq sezdingiz?
-Burun so`zida nechta tovush va u nechta harf bilan yozilgan?
-Burun so`ziga I shaxs birlikdagi egalik qo`shimchasini qo`shib o`qing?
-O`ylang, so`zda qanday o`zgarish yuz berdi?
-Burnim so`zida nechta tovush bor va u nechta harf bilan yozildi?
- Burnim so`zining o`zak va qo`shimchasini tegishlicha belgilang.
-So`z o`zagida qanday o`zgarish yuz berdi?
og`iz ----og`iz + -im--------og`zim; shahar ------- shahar +im-------shahrim
so`zlari ustida ham shu tarzda ishlanadi va xulosa chiqariladi:
O`qituvchi o`quvchilarning kuzatishlarini yakunlab xulosa chiqaradi. Ba`zi
so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda o`zakdagi unli tovushlar tushib qoladi,
bir tovush boshqa tovush bilan almashadi va shunday yoziladi. O`quvchilar
darslikda berilgan qoidani mustaqil o`qiydilar.
-Siz o`qigan imlo qoida nima haqida ekan?
-Qoida necha qismdan iborat? (Qoida uch qismdan iborat)
-Har bir qismni ajrating. (1. Ba`zi otlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda,
o`zakda tovush o`zgarishi yuz beradi. 2. Unli tovush tushib qoladi. 3. Undosh tovush
almashadi.)
Quyida 4-sinfda o`takazgan izohli diktant namunasini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: