553
Matndagi ajratib berilgan so`zlarni qayta o`qing.
Yo`lda ko`rganlarimiz onamizga so`zlab beramiz.
Tilak--- tilak+im-----tilagim; taroq----taroq +im----tarog`im
so`zlari ustida
ham shu tarzda ishlanadi. Izohli diktantda o`quvchilar qoidalarga oid so`zlarning
tagiga chizadilar.
CHunonchi, 2-sinfda son mavzusini o`rganishda 259-mashqni
ishlash jarayonida quyidagi maqol berilgan:
Qirq ko`ylagi bor.Bir tugmasi yo`q.
Mazkur maqoldagi
ko`ylagi
so`zi yuzasidan to`liq bo`lmagan tahlil o`tkaziladi.
Bu ish orqali o`quvchilar tovush o`zgarishi bo`lgan so`z bilan amaliy tanishib,
imlosini o`zlashtiradilar. Bu imlo qoidasi 4-sinfda
nazariyaga asoslangan holda
o`rgatiladi. Shu mavzuni mustahkamlash va o`quvchilar bilimini nazorat qilishda
izohli diktant o`tkaziladi.
Quyida izohli diktant uchun matnlar namunasini keltiramiz:
Topishmoq
Qulog`i zo`r yilpig`ich,
Tumshug`ida barcha kuch.
Toshni ko`taradi dast,
Bahaybat zo`rligi rost
34
.
O`zi bir qarich,
Qu`rug`i o`n bir qarich
35
.
So`z tarkibi tahlili 3-4- sinflarda o`tkaziladi. Ayniqsa,
yozma ish natijalari
tahlili darslarida keng qo`llash imloni o`rgatishda samarali yordam beradi.
Saylanma diktantda
o’quvchilar diktovka qilingan
gaplar yoki matnning
hammasini yozmaydilar. Uning o’qituvchining topshirig’iga mos qisminigina
(o’rganilgan qoida asosida yoziladigan so’zlarni, so’z birikmalarini) yozadilar.
Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so’zlarnigina yozish (1-sinf),
qaratqich
kelishigidagi so’zni u bog’langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so’zni u
bog’langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o’quvchilarda
34
Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar to`plami. –T.: ”Niso poligraf” nashriyoti. 2012. 173-bet.
35
Q.Abdullayeva, S.Rahmonbekova. Diktantlar to`plami. –T.: ”Niso poligraf” nashriyoti. 2012. 147-bet.
554
imloviy ziyraklikni o’stiradi. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so`zlarnigina
yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so`zni u bog`langan ot bilan yoki tushum
kelishigidagi so`zni u bog`langan fe`l bilan birga yozish (4-sinf) kabi.
Saylanma diktant uchun diktant namunasi va topshiriq:
Bosh harf bilan
yoziladigan so`zlarni saylab yozing.
Dostları ilə paylaş: