558
O`yin-diktantning materiali sifatida so`z olinishi ham mumkin. Unda ham
o`qituvchi 3ta so`zni birdaniga o`qiydi va 10-15 soniya pauza qilinadi. O`quvchi
eslab qolganini yozadi. Keyin Yana uch so`z o`qib beriladi. Bunday tipdagi o`yin
lug`at diktantiga 1- sinfda 5-8, 2- sinfda 8-10, 3- sinfda 10-12, 4- sinfda 12-15 so`z
olinadi.
Diktant yozib bo`lingach, har bir o`quvchi diktantidagi so`zlar sonini
sanaydi.O`qituvchi oldindan diktantning to`liq matnini yozib ustini bekitib qo`ygan
bo`ladi. O`quvchilar diktantini tekshirayotgan uning ustini ochib qo`yadi.
O`quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so`zlar soniga va yo`l qo`yilgan
xatolar soniga qarab pasaytiriladi.
O`quvchilar diktantni yozib bo`lishgach, o`rganilgan mavzulardan kelib
chiqib topshiriqlar berilishi mumkin. Masalan, ”So`zlardagi unlilarning tagiga
chizing.”, ”Ajratib ko`rsatilgan so`zga ma`nodosh so`z toping.” ,” Shu so`zlar
ishtirokida gap tuzing.”, ”Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning bosh va ikkinchi
darajali bo`laklarini aniqlang, tagiga tegishlicha chizing” kabi.
Dostları ilə paylaş: