O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   416
Toshkentim – onam 
Vatanimizning poytaxti –Toshkent. U juda go`zal shahar. Ko`chalari keng va 
ozoda. Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar
Toshkentda O`zbekiston havo yo`llari, ikkita temir yo`l vokzali bor. Toshkent 
aeroportidan har kuni dunyoning turli shaharlariga samolyotlar uchadi. 
Poytaxtimizga havo yo`llari orqali horijiy davlatlardan ko`plab mehmonlar 
keladilar. Toshkent temir yo`llaridan tezyurar poyezdi qatnay boshladi. U ikki 
soatda odamlarni Samarqandga eltib qo`yadi.
Poytaxtimizning ko`chalari kengaytirildi. Tezyurar tramvay yo`llari qurildi. 
Ular odamlar vaqtini tajashga xizmat qilyapti.


560 
Muzeylar, istirohat bog`lari, sport maydonlari Mustaqil yurt fuqorolariga 
xizmat qilmoqda. (80 so`z) 
Diktantda grammatik topshiriqlar quyidagi yo`nalishlarda bo`lishi 
mumkin: 
1. “Toshkentda turli millat kishilari yashaydilar” gapini gap bo`laklariga ko`ra 
tahlil qiling. 
2. ” boshla” so`ziga o`zakdosh zo`z toping.
3. “mehmonlar” so`zini fonetik tahlil qiling. 
4. ” go`zal” so`ziga ma`nodosh zo`z toping.
5. Joy nomlarining tagiga tegishlicha chizing. 
Mazkur grammatik topshiriqli tekshirish diktanti boshlang`ich sinf ona tili 
dasturida belgilab ko`rsatilgan bilim, ko`nikma va malakalar asosida baholanadi. 
Har bir topshiriq 5 ball bilan baholanadi va umumiy ball topshiriqlar soniga 
bo`linadi. 
Baholash mezonlari: 
1.
Imloviy savodxonlik darajasi. 
2.
Tinish belgilarinig to`g`ri ishlatilishi. 
3.
Fonetik tahlil 
4. So`z tarkibiga ko`ra tahlil 
5. Gap bo`laklariga ko`ra tahlil 
6. Leksik tahlil
7. Xatboshilarga rioya qilinishi 
8.Yozuvning husnixat talablariga mosligi. 
9.Diktant matniga tuzatishlar kiritilganligi yoki kiritilmaganligi. 
Tekshiruv diktantida dastur talabiga ko`ra so`zlar soni: 
1-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 20-25 so`z 
2-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 30-35 so`z 
3-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 40- 55 so`z 
4-sinfda: 1-yarim yillikda: yil oxirida: 70- 80 so`z 


561 
Bayon o’quvchilarning lug’atini boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirishga 
qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik 
mavzularni o’rganishning yakunlovchi bosqichida, o’quvchilar qoidalarni bilib olib, 
uni tatbiq qilishga o’rganganlaridan so’ng

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin