555
saqlagan holda yozadilar. Bu ham o`quvchilarning imloviy savodxonligini
oshirishga xizmat qiladi.
Bog`chada
Anvar hali yosh. Opasi Yulduz uni bog`chaga olib boradi. Bog`chada uning
o`rtoqlari ko`p. Bu ahil bolalar bir-biri bilan birga o`ynaydi.
Tarbiyachi Sevara Yunusova ularni doim maqtaydi.
O`quvchilar diktantidan namuna:
Anvar yaxshi bola
Anvar hali kichkina bola. SHuning uchun Anvarni opasi bog`chaga olib boradi.
Anvar opasi Yulduzni yaxshi ko`radi.
Anvar bog`chada o`rtog`lari bilan o`ynaydi. Ular bilan qo`shig` aytadi.
O`rtog`lari bilan urishmaydi.
Sevara Yunusova Anvarning bog`cha opasi. Sevara opa bog`chadagi hamma
bolalarni yaxshi ko`radi, ularni erkalatadi. Bolalarga ovqat beradi. Ularni o`ynatadi.
Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga,
o`quvchilar nutqini o`stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, bayon yozishga
tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: