O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   416
Ta`limiy diktantlar
– bilim berishga yo’naltirilgan diktantlar. 
2. 
Tekshiruv diktantlari
– o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini 
nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. 
Ta`limiy diktant
larni o’tkazish vaqtini, o’rnini, turini o’qituvchining o’zi 
belgilaydi. Ta`limiy diktantlar uchun darsning ma`lum bir qismi (5-10 daqiqasi), 
baozan bir dars ajratiladi. Bu diktant o’quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida 
o’tkaziladi. Ta`limiy diktantda o’qituvchi o’quvchilarga o’rgatilayotgan hodisaning 
imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o’quvchilar so’zlarni 
to’g’ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday 
yo’l bilan xatoning oldini olish chorasi ko’riladi. Masalan, 1-sinfda 
a
va 
o
unlilari 
o’rganilayotgan darsda bo’g’in-tovush, tovush-harf tahlili o’tkaziladi. 
Baho, bahor
so’zlarining birinchi bo’g’inida 
a
harfi yozilishini o’quvchilar bilib olgach, 
o’quvchilardan biri shu so’zlarni xattaxtaga yozadi. So’ng so’z o’chirib tashlanadi, 
shundan keyin aytib turib yozdiriladi. 
Ta`limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko’ra quyidagi turlarga 
bo’linadi: 
1. Ta`kidiy diktant. 
2. O’z diktant yoki yoddan yozuv diktanti. 
3. Izohli diktant. 
4. Saylanma diktant. 
5. Erkin diktant. 


550 
6. Rasm diktant. 
7. Lug’at diktant. 
8. Ijodiy diktant. 
SHulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma`lum o’zgarishlar 
bilan yoziladi. 
Ta`kidiy diktant
dan qoidani tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish 
maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli 
yozuvdagi kabi, o’quvchilar so’zni qanday yozishni va nima uchun shunday 
yozilishini tushuntiradilar.Ta`kidiy dikdant matni namunasi: 
Egizaklar 
Hasan va Husan – egizaklar. Ular 4-sinfda o`qishadi. Hasan va Husan bir 
partada o`tirishadi. Ikkisi ham a`lochi. Hamma o`rtoqlari ularni hurmat qilishadi.
Diktantni yozdirishdan oldin o`quvchilar h harfi yoziladigan so`zlarni eshitish 
orqali topadilar. Uning talaffuzini izohlaydilar. So`ng o`qituvchi ”Hasan, Husan, 
hamma, hurmat so`zlarini h harfi bilan yozasiz” deb ta`kidlaydi. O`quvchilar 
diktantni yozib bo`lishgach, doskadagi namunaga qarab yozganlarini tekshirdilar.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin