O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


j tovushi  bilan qorishiq portlovchi  j



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   416
j
tovushi 
bilan qorishiq portlovchi 
j
tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan berilishi (
jo`ja-
gijda
kabi), sayoz til orqa 
–ng
tovushini ifodalovchi harflar birikmasi 
ng
hamda
n
va 
g
tovushlarini ifodalovchi 
n
va 
g
harflari yonma-yon kelganda ham 
n
va 
g
talaffuz 
etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: 
ko`ngil – 
bitta tovush,
senga - 
ikkita 
tovush kabilar 1-sinfda savod chiqarish davridan boshlab o`rgatiladi. Buni 
o`rgatishga grafik tamoyilga asoslaniladi. 
Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so’ng o’rganiladi. 
Masalan, otlarning kelishiklar bilan turlanishi o’rganilgach, kelishik 
qo’shimchalarining yozilishi haqidagi ko’nikma shakllantiriladi. “Sifat” mavzusini 
o’rganish 
-roq
qo’shimchasining va 
qip-qizil, yum-yumaloq
kabi sifatlarning 
yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o’rganish bo’lishsizlik 
(-mA.
va o’tgan zamon 
(-di)
qo’shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o’rgatishga bunday 
yondashish boshlang’ich sinflarda barcha orfografik materiallarni o’rganishda tipik 
hisoblanadi. 
Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini ochish, 
o’quvchilarning qoida ifodasini o’rganib olishlari, qoidani yozuv tajribasiga tatbiq 
etish uning asosiy komponentlari hisoblanadi. 
Qoida mohiyatini ochish qoida so’zning qaysi qismini, qaysi so’z turkumi yoki 
grammatik shaklni yozishni boshqarishini, bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini 
tushuntirish demakdir. O’quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material 
tanlashda o’qituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi.
Qoida ifodasi ustida darslik bo’yicha ishlanadi. Bunda o’quvchilarning qoida 
tarkibini anglab yetishlari ahamiyatlidir. SHuning uchun darslikdagi qoida 
qismlarga bo’linadi (Aslida o’quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib 


546 
qo’yadilar). O’quvchilar o’rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni 
bajarish yo’li bilan uni yangi til materialiga, yaoni yozuv tajribasiga tatbiq etadilar. 
Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi. 
Masalan, bo’lishsizlik qo’shimchasi 
(-mA.
ning yozilishini deduktiv yo’l bilan 
o’rgatish mumkin. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi 
(-gA.
ning oxiri 
-k
bilan tugagan 
otlarga 
-ka,
-q 
bilan tugagan otlarga -qa shaklida qo’shilishi haqidagi qoidani 
indukgiv yo’l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq. 
O’quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni 
bajarsalar, uni o’zlashtirish xiyla qulay bo’ladi. CHunki bolalar aniq material bilan 
ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar, 
qoidani ongli o’zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so’zlarning talaffuzi va 
yozilishini, so’z turkumlarini, so’z qismlarini bir-biriga taqqoslash o’quvchilarning 
aqliy faolligini oshiradi. Bunda yana qoidaning ajratilgan belgisini aniq yozib 
ko’rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni 
ajratishga o’qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o’z navbatida, 
qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi. 
Qoida ustida jamoa bo’lib ishlash bilan birga, darslikdan foydalanib, mustaqil 
ishlash usulini qo’llash ham mumkin. 
Yangi qoidani o’zlashtirishda o’rganilgan bilimlarga suyaniladi. Buning uchun 
yangi qoida ilgari o’rganilgan qoidalar bilan bog’lanadi. Bunda qarshi qo’yish yoki 
taqqoslash usulidan foydalaniladi va o’xshash tomonlari aniqlanadi. Masalan, 
tushum kelishigi qo’shimchasining yozilishini o’zlashtirishda u ilgari o’rganilgan 
qaratqich kelishigi qo’shimchasining yozilishi bilan taqqoslanadi va tushum 
kelishigi qo’shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi aniqlanadi.
Qoidani bilib olish o’quvchilarda u haqdagi aniq tasavvurning mavjudligiga 
bog’liq. Qoida asosida hosil bo’lgan aniq tasavvur so’zlarda ifodalanadi. SHuning 
uchun o’quvchilardan qoidani quruq yodlab berish talab etilmasligi, balki so’zni 
to’g’ri yozishdagi xususiyatlar aniq material misolida qayta tushuntirilishi lozim. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin