Imloga oid mashqlar.
Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining
avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida
547
maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid mashqlar imloviy
ziyraklik ko’nikmasini shakllantirishga, tegishli o’rinda qoidani tatbiq qilishga,
mashqlarning qismlari o’rtasidagi bog’lanishni belgilash, ularni umumiy va yagona
faoliyat tizimiga kiritishga, o’quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni
shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni
chuqurroq o’zlashtiriladi.
Metodikada imloga oid mashqlarga: 1) grammatik-
orfografik
tahlil; 2) ko’chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5)
bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning
grammatika va leksika bilan bog’lanishi, ko’chirib yozuv va diktantda o’quvchilar
faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko’chirib yozuvda ko’ruv va qo’l harakati
uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.
Ko’chirib yozuv
ko’rib idrok qilingan so’z, gap va matnni yozma shaklda
ifodalashdir. Boshlang’ich sinflarda husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib,
tuzatishlarga yo’l qo’ymay va tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o’rnini
almashtirmay, tinish belgilarini to’g’ri qo’llab ko’chirib yozuv ko’nikmasi
shakllantirilishi kerak. O’quvchilarda bu ko’nikmani hosil qilish maqsadida
o’qituvchi alifbe davridan boshlab ularga ko’chirib yozuvni izchillik bilan o’rgatib
boradi.
O’quvchilarda ko’chirib yozuv ko’nikmasini shakllantirishga oid asosiy
qoidalarga quyidagilar kiradi:
1. Ko’chirib yozishdan oldin ko’chirib yozadiganingni yaxlit o’qib chiq.
2. Har bir gapdagi so’zlarni bo’g’inlarga ajrat va ichda bo’g’inlab ayt.
3. Ko’chirib yozganingni asliga solishtir va xatolaringni to’g’rila.
Ko’chirib yozuv uchun so’z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.
O’qituvchining qo’ygan maqsadiga bog’liq holda ko’chirib yozishdan oldin
unga tayyorgarlik ko’riladi; bunda imlosi qiyin so’zlarni izohlab o’qish, so’zning
nima uchun shunday yozilishini asoslash, o’rganilgan qoida asosida yoziladigan
so’zlarni aniqlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu ko’nikma qay darajada
shakllanganligini aniqlash maqsadida kontrol (tekshiruv) ko’chirib yozuv
o’tkaziladi.
548
Ko’chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so’z yasalishiga oid
vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi
bilib olish imkonini beradi. CHunki vazifaning xarakteri imloviy malakani
shakllantirishga nazariy asos bo’ladigan grammatik, fonetik bilimlarni
faollashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan
birgalikda nutq o’stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi. Kompleks
mashqlarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Ko’chirish. Asosdosh so’zlarni aniqlab, asosni ajratish.
2. Tushirib qoldirilgan qo’shimchalarni qo’yib ko’chirish, qanday qo’shimcha
ekanini aytish; yozilishini tushuntirish.
3. Matn mazmuniga mos so’zni qavs ichida berilgan so’zlardan topib qo’yib
ko’chirish. SHu so’z qaysi so’z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini
tushuntirish.
4. Aralash berilgan so’zlardan gap tuzish va yozish.
5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog’lanishli matn tuzish.
6. Tanlab ko’chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so’z
turkumini; ot va fe’ldan yoki ot va otdan, sifat va otdan tuzilgan so’z birikmalarini
ko’chirish).
Diktant
eshitib idrok qilingan so’z, gap, matnni yozishdir. O’quvchilarning
og’zaki yozma nutqini o’stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati
katta. O’quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato
qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada
o’zlashtirganliklariga bog’liq bo’ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan
bog’liq bo’ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o’z navbatida grammatik
qoidalarni ham bilish zarur.
Boshlang’ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga
rioya qilish zarur:
1. Matnning monologik nutq shaklida bo’lishi. Unda ko’chirma gaplar,
undalmali, kirish so’zli, ajratilgan bo’lakli gaplar, qo’shma gap bo’lmasligi lozim.
549
2. Matn hajmi 1-4-sinf o’quvchilarining o’qish surotiga asoslangan
bo’lishi.
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog’liq bo’lishi.
4. Diktant matni o’quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
5. Tanlangan matn g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo’lishi, bolalar
hissiyotiga ta`sir qilishi.
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo’lishi.
7. Matnda o’rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.
Diktantlar maqsadiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.
Dostları ilə paylaş: |