O’quvchilar nutqini o’stirishning boshqa o’quv predmetlari
bilan bog’liqligi
O’quvchilar nutqini o’stirish boshqa o’quv predmetlaridan o’tkaziladigan
mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar
til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni,
o’ylashni va ko’rganlari, eshitganlari, o’qiganlari haqida to’g’ri bayon qilishni
o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi,
nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi.
O’qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya
o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari,
43
И в а н о в П. И. Умумий психология. –Т.: «Ўқитувчи», 1967. 306 - бет
584
boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar
nutqiga, uni shakllantirish va o’stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe’r,
maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat
hodisalarini kuzatish vaqtida ko’rganlarini hikoya qilish o’quvchilar og’zaki nutqini
o’stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o’stirish uchun keng
imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o’rganish va o’qish darslarida o’quvchilar
bajaradigan so’z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy
malakalarni egallashda ularga yordam beradi.
Grammatika va to’g’ri yozuv darslarida tilni maxsus o’rganish bilan bolalar
alohida tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni eshitishga va aytishga o’rganadilar. Ular
narsa, harakat, belgi bildirgan ko’pgina so’zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo’g’in,
so’z, asos, qo’shimcha, so’z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olmosh, bog’lovchi, gap,
gap bo’lagi, darak gap, so’roq gap, undov gap singari juda ko’p yangi atamalarni
bilib oladilar.
Boshlang’ich sinflardagi boshqa darslarda ham o’quvchilar nutqi xilma-xil
so’zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko’rgazmali qurollar bu darslarda ham
bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko’p so’z
va atamalar bilan o’z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo’shma gap tuzishga
o’rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 <
5); bitta o’nlikka ikkita o’nlik va 5 ta birlikni qo’shsak, uchta o’nlik va 5 ta birlik
hosil bo’ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.
Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o’z nutqlarida ishlatib kelgan
bo’ladi, qoladi, hosil bo’ladi, teng
kabi so’zlarning yangi ma`nosini bilib oladilar;
...bizga ma`lum, masalada so’ralyapti
kabi so’z birikmalarini ishlatishga
o’rganadilar.
Matematika darslari o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishda muhim
ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to’liq javob berishga, atamalarni
to’g’ri ishlatib, qoidalarni o’z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga
585
o’rgatiladi. Bular, o’z navbatida, o’quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish
vositasi hisoblanadi.
Bog’lanishli nutq ko’nikmalarini egallashga masala yechish bilan bog’liq
holda olib boriladigan ishlar, ayniqsa, masala tuzishga o’rgatish mashqlari samarali
ta`sir ko’rsatadi. Masala o’qib eshittirilgandan so’ng, o’quvchilar uning asosiy
mazmunini eshitib idrok etishga, to’g’ri, qisqa va aniq qayta aytib berishga
o’rgatiladi. Masala tuzishga o’rgatish esa mantiqiy izchil, muhokama elementlari
bilan kichik hikoya tuzish imkoniyatini beradi. Bu mashq o’quvchidan faollikni va
mustaqillikni talab etadi, bolaning bilish faolligi va mustaqilligini oshirish esa uning
umumiy rivojlanishida va tarbiyaviy maqsadda juda muhimdir. Masala tuzish kichik
hikoya tuzishdir. Masalaning hikoyadan farqi shundaki, unda nimadir noma`lum
bo’lib, uni topish uchun ma`lum so’roqqa javob berish talab etiladi. O’quvchi rasm
asosida
«Daraxtga uchta chumchuq qo’ngan edi, yana ikkita chumchuq uchib kelib
qo’ndi. Daraxtda nechta chumchuq bo’ldi?»
masalasini tuzadi. Bu masalani
yechishda o’quvchilar daraxtga qo’ngan chumchuqlar sonini bilish uchun nima
qilish kerakligini o’ylaydilar, muhokama qiladilar. Masalani yechish uchun aniq
izchillikda muhokama yuritish va tushuntirish bilan bolalar o’z fikrlarini matematika
tilida aniq va bog’lanishli bayon etishga o’rganadilar.
SHunday qilib, matematika darslarida o’qituvchi bolalar lug’atini boyitish,
turli xil gap, bog’lanishli nutq va bayon, muhokama elementi mavjud bo’lgan hikoya
tuzish ustida ishlaydi. O’qituvchi matematika tili xususiyatlarini o’zlashtirishga
ko’maklashish bilan bog’liq holda, o’quvchilar tafakkurini, nutqini o’stiradi.
O’qituvchi matematik mazmungagina emas, balki shu mazmunni o’quvchilar
nutqida to’g’ri shakllantirishiga ham eotibor bersa, bu darslarda egallanadigan bilim
haqiqiy va o’quvchilar nutqining o’sishi uchun samarali vosita bo’ladi.
«Fikrni aniq
shakllantirishni talab qilish, masala shartini ongli takrorlatish, mustaqil masala
tuzdirish va savollar yordamida masalani yechish yo’lini tushuntirish ko’nikmasi
586
ustida ishlash o’quvchilarda qayta hikoyalash, insho va muhokama qilish
madaniyatini o’stiradi»
44
.
O’quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko’rgan
narsalarini o’qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o’zaro taqqoslab, o’xshash va
farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o’z navbatida, tabiatga oid ayrim
tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurni o’stiradi. Tabiat
hodisalari va predmetlarni idrok etish bilan bolalar ongida tabiatshunoslikka oid
tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar ta`lim jarayonida yo narsalarni (
daraxt,
olma, shaftoli, o’rik, olxo’ri, gul, o’t
kabi), yo ularning belgisini (
mevali, mevasiz;
achchiq, nordon, shirin; qizil, oq
kabi), yo harakatini (
daraxt o’sadi, qush uchadi,
bulbul sayraydi
kabi) ifodalovchi so’zlar bilan bog’lanadi.
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya va ashula darslari ham,
shuningdek, darsdan tashqari mashg’ulotlarda ham o’quvchilar nutqi va tafakkurini
o’stirishga alohida ahamiyat qaratish zarur.
O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining nutq madaniyati katta
ahamiyatga ega. O’qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari
mashg’ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til meoyorlariga rioya qilgan holda
ifodali, ta`sirli so’zlashi, shuningdek, har doim o’quvchi daftariga, barcha
hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u
bolalarni ifodali so’zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o’rgatadi, tilga sezgirlikni
uyg’otadi.
Dostları ilə paylaş: |