583
tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga
asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq
tafakkur bilan chambarchas bog’langandir. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi,
til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi»
43
.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy
bo’lishini ta`minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug’at tarkibini,
grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o’stirish
uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning
ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o’rganishning muhim
vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nutqdan o’quvchi fikriy rivojining asosiy
o’lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O’quvchining barcha o’quv
predmetlaridan materialni o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr
yuritganda, u yoki bu mavzuni o’quvchi o’z nutqida (yozgan inshosida, axborotida,
qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobidA.qanday bayon eta olishiga qaraladi.
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi, nutq tafakkur asosida
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan,
nutqning o’sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
Dostları ilə paylaş: