582
Nutq inson faoliyatining bir turi sifatida til vositalaridan foydalangan holda
fikrni ifodalashdir. Til, tafakkur va nutq o’zaro bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib,
odam o’ylayotganda fikrini so’zlar, jumlalar vositasida ichki nutqda ifoda etadi.
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo’libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir.
Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o’stirish
sharti esa fikrni
boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni
muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. SHuning uchun o’quvchilar nutqini o’stirishda
materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish
va mantiqiy fikrlashga yo’naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
Ona tili darsliklari o’quvchilarning aqliy, xususan, mantiqiy tafakkurining
rivojlanishida boy materialga ega. Til va tafakkur chambarchas bog’liq bo’lib, tilsiz
inson fikrlay olmaydi. Tafakkursiz tilning bo’lishi mumkin emas.
O’quvchining nutqiy qobiliyatini o’stirishdan oldin uning fikrlash qobiliyatini
o’stirish talab qilinadi. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib rivojlantirish mumkin
emas.
Hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildirish uchun o’sha
narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O’qituvchi nutq ustida
ishlash bilan bir vaqtning o’zida o’quvchilarning
tafakkuri ustida ishlaydi, ularda
tushunarli, aniq, izchil va asoslangan fikrlashni tarbiyalaydi.
Ona tili darslarida grammatik va orfografik tushunchalarni egallash jarayonida
muayyan fikrlash faoliyatining yuz berishi bevosita mantiqiy tafakkur tarbiyasi bilan
chambarchas bog’liqdir.
Mantiqiy fikrlashning asosiy usullarini ona tili ta’limida grammatik
tushunchalarni egallash usuli sifatida qo’llash mumkin. Grammatik tushuncha va
qoidalarni mantiqning analiz va sintez,
umumlashtirish, hodisaning o’xshash va
farqli xususiyatlarini aniqlash va taqqoslash, tasniflash va sistemalashtirish
usullaridan foydalanmasdan anglab va egallab bo’lmaydi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina,
muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari bilan ifodalanadi,
shunday ekan, u til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi
583
tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina,
shu tushunchaga
asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. «Nutq
tafakkur bilan chambarchas bog’langandir. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi,
til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi»
43
.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil,
mantiqiy
bo’lishini ta`minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug’at tarkibini,
grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o’stirish
uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar, dalillar, har
xil axborotlar tafakkurning
ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o’rganishning muhim
vositasi bo’lib xizmat qiladi. Nutqdan o’quvchi fikriy rivojining asosiy
o’lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O’quvchining barcha o’quv
predmetlaridan materialni o’zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr
yuritganda, u yoki bu mavzuni o’quvchi o’z nutqida (yozgan inshosida, axborotida,
qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobidA.qanday bayon eta olishiga qaraladi.
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo’lmaydi, nutq tafakkur asosida
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi tomondan,
nutqning o’sishi fikrni shakllantirishga
yordam beradi, takomillashtiradi.
Dostları ilə paylaş: