581
3. Nutq aniq bo’lsin.
O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga
mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu
maqsadning eng yaxshi til
vositalaridan (so’z, so’z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar
bilan ifodalashga o’rgansin.
4.
Nutq
til
vositalariga
boy
bo’lsin.
Mazmunni
aniq
ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda
ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan
mazmunga eng mosini
tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta, boshlang’ich sinf
o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo o’qituvchi
o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.
Dostları ilə paylaş: