625
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni o’quvchilar bir-
ikki marta o’qiydilar (o’qituvchi o’qib berishi ham mumkin); bolalarning matn
mazmunini to’g’ri tushunganliklarini aniqlash, o’qilgan matnni, uning g’oyaviy
mazmunini, qismlari orasidagi bog’lanishni to’liq bilib olishga qaratilgan suhbat
o’tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug’at
ishi o’tkaziladi (so’zning ma`nosi va yozilishi tahlil qilinadi), muhimroq sintaktik
tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto
matn qismlari tuzdiriladi; o’quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o’qituvchi
esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o’quvchilarga xalaqit bermay ayrim
bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini o’zlari tekshiradilar,
takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o’qituvchiga topshiradilar.
O’quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni
bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo’lib, bu ish mazmunda va bolalar
bayoni tilida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: