628
4. O`qituvchi qovun turlari haqida, ko`rinishi haqida ma`lumot beradi.
O`quvchilar yuqoridagi so`zlar ishtirokida rasmga qarab gap tuzadilar.
5. Reja tuzish. O`quvchilardan har bir rejada nima haqda yozmoqchi ekanliklari
so`raladi. So`ngra reja tuzishlariga vaqt beriladi. Uch-to`rt o`quvchi o`z rejasini
o`qiydi va shu reja asosida matnni qayta hikoyalaydilar. Lozim bo`lsa, o`qituvchi
o`quvchilar hikoyasiga tuzatishlar kiritib boradi. O`quvchilarga noaniq bo`lgan
o`rinlar oydinlashtiriladi.
O`quvchilar o`z rejalarini aytadilar va rejaning eng ma`qul deb topilganlari
doskaga yozib boriladi.
Reja:
1. Qovun polizining ko`rinishi.
2. Mavlon tog`aning hikoyasi.
3. Shirinak tanlovi.
4. Bolalar xursand qaytdilar.
Dostları ilə paylaş: