76
5. Rasm asosida suhbat.
Bunda o’qituvchi ko’rgazmani
harakatlanadigan
qilib tayyorlasa, o’quvchilarda qiziqish uyg’onadi, yangi mavzu oson o’zlashtiriladi.
Xattaxtaga bosma harflar bilan quyidagi matn yoziladi:
Kamol Komilaga kitob olib keldi. Komila kitobni oldi. U kitobni toza saqlashga
so’z berdi.
Bu gaplar bolalarga bo’g’inlab o’qitiladi. O’quvchilar nutqini o’stirish
maqsadida quyidagi savollar beriladi:
1. Kamol kitobni qaerdan olgan?
2. U kitobni kimga sovg’a qildi?
3. Komila nega xursand bo’ldi?
4. Komila akasiga qanday va’da berdi?
Kartochkalarga yozilgan bo’g’inli so’zlar o’qitiladi.
6. Darslik bilan ishlash.
Bunda o’qituvchi darslikda berilgan bo’g’inlar,
so’zlar va matnni o’quvchilarga o’qib beradi, bolalar
birgalikda ovoz chiqarib
takrorlaydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Buning uchun o’quvchilar
bilan
quyidagicha savol-javob o’tkaziladi:
1. Bugun biz qaysi tovush bilan tanishdik?
2. Rasmda nimalar tasvirlanibdi?
3. Bolalarning ismlari nima ekan?
4. Kitobdan qanday foydalanish kerak?
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining nutqini o’stirishda didaktik o’yinlar,
turli xil musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
SHu jihatdan mavzuni
mustahkamlashga oid quyidagicha qatorlararo musobaqa uyushtirish mumkin:
1-qator: “K” harfi bilan boshlanadigan so’zlardan ayting.
2-qator: O’rtasida “k” harfi qatnashgan so’zlardan ayting.
3-qator: Oxirida “k” harfi ishtirok etgan so’zlardan ayting.
Bunda qaysi qatorda takroriy so’zlar bo’lmasa, o’sha qator g’olib hisoblanadi.
So’ngra o’quvchilarning har biriga bittadan turli xil
predmetlarning rasmlari bor
kartochkalar tarqatiladi. Rasmdagi predmetning belgilarini bildiruvchi so’zlar
77
toptiriladi va ular ishtirokida ikkitadan gap tuzdiriladi.
Birgina rasm asosida bir
necha gap tuzishni mashq qildirish o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga
ham yordam beradi va nutqini o’stiradi.
Dostları ilə paylaş: