O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti yoqilg‘i va organik birikmalar kimyoviy



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix16.09.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#144242
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
selyoza va yog\'ochsozlik

5 – MA’RUZA.
 
 
TRANSPORT TURLARINI TANLASH. TRANSPORT VOSITALARINI 
QO‘LLANISH SOXASI 
 
Reja: 
1. Korxona ichida qo‘llaniladigan transport vositalari 
2. Sex ichida qo‘llaniladigan transport vositalari 
 
3. Yuk oqimlarini (gruzopotokov) taxlil qilish 
 
Ishlab chiqarish korxonalarining transport vositalari foydalanish joyiga ko‘ra 
ikkita guruxga bo‘linadi: 
-
korxona ichida (sexlararo) va sex ichida ishlatiladigan transport vositalari. 
Korxona ichida qo‘llaniladigan transport vositalari
sexlar orasida,
omborxona bilan sexlar o‘rtasida va umuman korxonaning bir bino (tom)i ichida 
joylashmagan bo‘limlari orasida transport aloqalarini amalga oshiradi. 
Korxona ichki transport vositalari bilan yuklar bir necha kilometr 
masofalarga tashib keltiriladi. Yuklar qish oyining sovuq temperaturasida ham 
tashib keltirilaveradi. SHuning uchun ko‘pchilik korxona ichki transport vositalari 
(yuklagichlar, tyagach (shatak) li aravacha va boshqalar) avtonom dvigatelli 
harakatchan (mobil) mashinalardir. 

Sex ichida qo‘llaniladigan transport vositalari
umumiy texnologik 
jarayondagi texnologik operatsiyalarni ish bilan uzluksiz ta’minlashda, yarim 
maxsulotlarni stanokdan stanokka, omborxona va boshqa joylarga tashib berishda 
aloqa vazifasini bajaradi. Odatda bu toifa transport vositalari xona, bino ichida 
ishlagani uchun ular atmosfera yog‘in -sochinlari va qish oyining past temperatura 
ta’siridan xoli bo‘ladi va tashib beriladigan masofa, aksariyat xolda 150-200 m 
dan oshmaydi. SHuning uchun bunday transport vositalari energiyani sex 
tarmog‘ining o‘zidan oladi va o‘zlari avtonom dvigatelga ega bo‘lmaydi. 
Ko‘pchilik sex ichki transport vositalari uzluksiz ishlovchi tasmali, zanjirli yoki 
rolikli konveyerlardan iboratdir. Ammo ayrim xollarda, masalan, quritish 
kameralarini taxta materiallar bilan yuklashda davriy ravishda ishlaydigan 
mashinalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularga elektrokara
elektrshtabel, avtoyuklagich, aravacha va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin