Kalla suyagi miya qismining kattaligi Kalla suyagining miya qismi kattaligi va shaklini tavsiflash
uchun kalla suyagining uzunligining k o ‘ndalangi va balandligining
diametrini aniqlash zarur.
Kalla suyagining uzunlik diametri globilla (peshonaning ostki,
burunni yuqori qismida joylashishi) nuqta bilan ensa suyagining
bo‘rtib chiqqan nuqta si opistokranion o ‘rtasidagi oraliq bo‘lib
167-193 mmga teng. Kalla suyagi enining diametri esa tepa
suyaklarning o ‘ng va chap tomonidagi erkin nuqtalar o ‘rtasidagi
oraliqdan iborat bo'lib, u 123-153 mmni tashkil etadi.
Kalla suyagining balandligi eng baland nuqta bregma bilan
ensa teshigi ostining chetida yotgan nuqta o ‘rtasidagi oraliq bo ‘lib,
u 126-143 mm3 atrofida bo'ladi.
Kalla suyagidan olingan ba’zi o4chovlarni o ‘zaro solishtirib,
umumiy nisbatini indekslar shaklida hisoblab chiqish mumkin.
Bu esa kalla suyaklami o ‘zaro solishtirish imkonini beradi. Mana
shunday ko‘rsatkichlardan biri kalla suyagi ko‘rsatkichidir.
Kalla suyagining k.o‘rsatkichi uning ko ‘ndalang diametrini
uzunlik diametri bo‘lgan foizga nisbatini bildiradi. M asalan miya
qopqog‘ining ko'ndalang diametri 145 mm, uzunlik diametri esa
180 mm b o ‘lsa, unda indeks 145x100/180 = 80,5 ga teng bo‘ladi.
Bu ko'rsafkichning umum qabul qilingan klasifikatsi) asiga
binoan kalla suyagining shakllari tubandagicha ko‘rinishda
bo‘ladi. Agar mazkur k o ‘rsatkich 74,9 gacha bo‘lsa kalla suyak
uzunchoqroq - dolixokran, 75,0 dan 79,9 gacha bo ‘lsa kalla shakli
mezakran - oraliq, maboda 80,0 va undan ortiq bo‘Isa kalla shakli
yumaloq - braxikran b o ‘ladi.
Dolixokefaliya kalla suyak shakli Avstraliya tub aholisining
hamda Afrika, Malayziya, Hindistonning ko'pchilik aholisiga
xos. Markaziy Yevropa, Bolqon yarim oroli, Kavkaz orti, Oldingi.
Markaziy, Janubiy-sharqiy Osiyo aholisini kalla shakli yumaloq
ya’ni braxikefaliya shaklda bo'ladi.
28