fikrlardan ko'rinib
turibdiki, antropologiya biologiya va tibbiyot
fanlaridan farq qiladi. Shu bilan birga, antropologiya anatomiya,
fiziologiya, evolyutsion taMimot,
paleontologiya, genetika, mole-
kulyar biologiya va boshqa biologik fanlar hamda ijtimoiy fanlar
bilan chambarchas bog‘liq. Anatomiya odam tana tuzilishini,
fiziologiya esa o ‘ziga xos vazifalarini o ‘rganib, odamning fiziologik
va anatomik xususiyatlarini yoritadi. Evolyutsion ta ’limot va
organik olamning rivojlanishi Yer
yuzida tiriklikning paydo
bo‘lishi, rivojlanishi, shuningdek, odamning kelib chiqishi uchun
zamin bo ‘lgan omillami o ‘rganadi. Paleontologiya fani qadimgi
era
va davrlarda yashab, qirilib ketgan organizmlaming qazilma
holdagi topilmalarini o ‘rganib, hozirgi vaqtda mavjud organizmlar
bilan qon-qarindoshlik belgilarini ochib beradi. Odamning qazilma
holdagi qoldiqlarini o ‘rganish, odamning kelib chiqishini ilmiy
asoslashga imkon beradi. Genetika va molekulyar biologiya fanlari
odam ajdodlari irsiyati va o‘zgaruvchanligi, nuklein kislotalarining
tuzilishi va o ‘zgarib borish darajalarini o'rganib. odam kelib
chiqishi haqidagi rna’lumotlarni to ‘ldirib boradi.
Biologik fanlar
bilan birga odam haqidagi ijtimoiy-tarixiy fanlar arxeologiya
va etnografiya bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikki fan yutuqlari
dunyo aholisining etnogezini o ‘rganishda muhim rol o ‘ynaydi.
Arxeologiya odam tarixini turli ashyoiar yordamida. jumladan,
paleolit, neolit, mezolit davrlardagi tosh qurollar, suyak, yog‘och
qurollar kabilar bilan o'rganadi. Etnografiyaning
rivojlanish tarixi
turlicha bosqichda bo‘lgan hozirgi zamon xalqlarining tarixini,
madaniyatini, tarqalish yo‘llarini tahlil qilib beradi. Antropologiya
ko'p qirralari bo‘yicha biologik fan hisoblanadi. YevropavaAmerika
davlatlari fanida antropologiya termini asosida odamga taaluqli
bo‘lgan barcha fanlar tizimi tushuniladi. Bizning tushunchamizga
ko‘ra antropologiyaning asosiy bo‘limlari
antropogenez, etnik
antropologiya (irqshunoslik) va odam morfologiyasi hisoblanadi.
10