A. T. G 'o fu ro V, S. S. F a y z u lla y e V, A. K. R a X im o V, B. Z o X id o V a, F. I. M a tk a r im o V


Antropologiyaning tadqiqot metodlari



Yüklə 5,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/86
tarix16.09.2023
ölçüsü5,57 Mb.
#144404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
G`ofurova A.T. Antropologiya.

Antropologiyaning tadqiqot metodlari
Antropologiyada keng qo‘llaniladigan metod bu antropomet- 
riya bo ‘lib, uning yordamida odamning tana og‘irligi, kalla suya- 
gining hajmi, qo‘l. oyoq, umurtqa pog‘ona ko‘krak qafasining 
shakli, hajmi va boshqalar o‘rganiladi.
Ikkinchi taqqoslash metodi yordamida qazilma holdagi 
maymunlar, hozirgi davrdagi vakillarining gavda luzilishi. eng 
qadimgi, qadimgi, hozirgi zarnon qiyofasidagi odamlaming tashqi 
qiyofasi kalla. qo‘l oyoq, tana suyaklarining shakli ular o ‘rtasidagi 
o'xshashlik va tafovutlar aniqlanadi. Zamonaviy antropologiyani 
o'rganishda genetika, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya
matematika kabi fanlarning o ’rganisb metodlaridan ham foyda- 
laniladi.
Antropologiyaning asosiy metodlariga antroposkopiya (inson 
lana qismlarini tavsiflash), antropometriya (antropologik o^lchash- 
larni o ‘tkazish), kraniologiya (kalla suyagini o ‘rganish), osteologiya 
(suyak tuzilishi vaskeletni o' rganish),odontologiya(tishsistem asini
0 rganish), dermatogiifika (terining tuziiishini o‘rganish), plastik 
rckonstruksiya (kalla suyagi asosidayuz ko'rinishini tiklash), qonni 
ladqiq qilish, mikroanatomiya va boshqalar kiradi.
Antropologiya bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi va
yangi sohalari
Odamning ijtimoiy evolyutsiyasiga, xulq-atvoriga, antropolo­
giya va primatologiya sohasiga, paleoantropologiyaning turli xil 
jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot ishlar dunyoning yetakchi 
i!miy markazlari va oliy ta ’lim muassasalari, jumladan. National
1 luman Genome Research Institute [42], The Genographic project 
| Wj, 
Department o f Human Evolution (Leypsig, Germaniya), 
I al.. o f Human Evolution Studies o f Kyoto University (Yaponiya) 
| ^6|, Human evolutionary studies and the Museum (AQSh) [41], 
I eveihulrne Centre for Human Evolutionary Studies (Angliya)
11


[35], Polish Society for Human Evolution Studies (Krakov, Polsha)
[37], Human Evolution Studies Program (Simon Fraser University)
[38], AAU Launches Human Evolutionary Studies Center (Addis 
Ababa University, Efiopiya) [30], Centre for the Coevolution o f 
Biology and Culture - CCBC (Durham University, Angilya) [31], 
M oskva Davlat universitetining antropologiya instituti va muzeyi, 
biologiya fakulteti “Antropologiya” kafedrasi (Rossiya)da amalga 
oshirilmoqda [7, 8].
Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muas- 
sasalari tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar
fan yangiliklari va kashfiyotlar orqali biologiya fani, xususan, 
antropologiya fani mazmimiga oid qator ilmiy natijalarga erishilgan, 
jumladan, organik oiamning tarkibiy qismi va evolyutsiya jarayo- 
nining mahsuli hisoblangan odam '‘genomi”ning tarkibi va funk- 
siyalari aniqlangan (National Human Genome Research Institu­
te); odamning DNK tuzilishiga asoslanib, uning 9 ta ajdod 
hududlarga aloqadorligi. dastlabki vatani Afrika qit’asi ekanligi, 
keyinchalik Osiyo va Yevropa bo‘ylab tarqalganligi isbotlangan 
(The Genographic project); odam evolyutsiyasi integrativ nuqtai- 
nazardan paleoantropologiyaning turli xil jihatlarini hisobga olgan 
holda o ‘rganilishdan tashqari Maks Plank instituti talabalari ongida 
evolyutsion dunyoqarashni shakllantirish maqsadida professor 
Jean-Jacques Hublin rahbarligida bir guruh olimlar tomonidan 
amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda (Department o f Human Evolu­
tion, Max Planck Institute for Evolutionary Anthropology, 
Deutscher Platz, Leipzig); odamning ijtimoiy evolyutsiyasi, xulq- 
atvoriga oid antropologiya va primatologiya sohasidagi erishilgan 
natijalardan esa Kyoto University professori Naofumi Nakagawa 
hamda Keiko Tsubokawa va Nobuko Nakazawalar bakalavr yo‘- 
nalishidagi talabalarda, Kyohei Hino va Gaku Inoharalar ma- 
gistrlarda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishda asosiy
omil bo‘lib xizmat qilmoqda (Lab. o f Human Evolution Studies
12


o f Kyoto University, Japan)' antropologik va evolyutsion g ‘oya- 
lami oliy ta ’lim muassasalarining talabalari o ‘rtasida keng 
larg‘ib qilish bo‘yicha turli xil eksponatlar, antropologik ilmiy- 
ladqiqot izlanishlari natijasida q o ig a kiritilgan daliiiy ashyolar, 
shuningdek dunyoga mashhur bo‘lgan Lyusi skeleti qoldiqlarini 
o ‘z eksponatlari orasida saqlayotgan muzeyda uning murabbiyi, 
Chikago universiteti professori Johanson boshchiligida qator 
tadbirli ishlar olib borilgan (Human evolutionary studies and 
the Museum, USA); odam evolyutsiyasi va uning kelib chiqish 
jarayonini o ‘rganishda, talabalarda evolyutsion dunyoqarashni 
I'ivojlantirishda 
Kembridj universiteti professor-o‘qituvchilari 
lomonidan biologik, antropologik va arxeologik yondashuvlardan 
keng fovdalanib kelinmoqda (Leverhulme Centre for Human 
1 volutionary Studies, UK); odam evolyutsiyasini o ‘rganishdan 
olingan ilmiy tadqiqot natijalarini e ’lon qilish va ulam i oliy 
la'lim o'quv dasturlariga kiritish bo‘yicha Krakov universiteti 
professori Bogusiaw Pawlowski tomonidan amaliy ishlar olib 
bon 
lib katta muvaffaqiyatlarga erishilgan (Polish Society for 
I iiiman Evolution Studies); odam evolyutsiyasini chuqur 
o ‘rganish 
bo’yicha ilmiy-tadqiqot dasturlari yaratilgan (Human Evolution 
Studies Program, Simon Fraser University); V.I. Kochetova, S.V. 
I )robishevskiylar tomonidan Gominidlar bosh miyasining makro 
va rnikrostrukturasida yuz bergan o'zgarishlar aniqlangan va odam 
bosh miyasi evolyutsiyasining sharhi taklif qilingan (Moskva 
I )a vlat universitetining antropologiya instituti va muzeyi, biologiya 
takulteti ‘'Antropologiya kafedrasi”).
Rossiyalik antropolog (V.V.Bunak, V.I. Kochetova, S.V. 
Diobishevskiy va bosh.)laming ko‘pchiligi antropologiya fani- 
ni biologik fanlar tizimiga kiritadilar. G ‘arbiy Yevropa va AQSh 
olimlari esa antropologiyani gumanitar fanlar qatoriga kiritadi­
lar. Ulaming talqinicha odamning ijtimoiy madaniy hayoti anato­
miya, fiziologiyasi antropogenezning tarkibiy qismlari sanaladi.
13


Fransuz olimlarining ta’kidlashicha antropologiya ijtimoiy fan 
hisoblanadi, chunki odam hayotining moddiy va manaviy tomon- 
dan o ‘rganadi, Inglizlar esa antropologiya ko‘p sohalardan antro- 
pobiologiya, sotsiologiya, tarixgacha bo'lgan arxeologiya va etno- 
lingvistikalardan iboratligini e ’tirof etadilar. M ana shunday bahslar 
oqibatida antropologiyaning yangi sohalari paydo bo ‘lgan. Ulardan 
biri huquqiy antropologiya bo ‘lib, u liar xil tarixiy davrlarda 
yashagan odamlaming qoldirgan og‘zaki va yozma m a’lumotlarini 
tahlil qilish orqali ijtimoiy hayotini huquqiy asoslari ya’ni 
odamlaming o 'sh a davrdagi burchlari, huquqlari haqida tasavvur 
hosil qiluvchi fandir.
Odam faqat uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot mobaynida 
faqatbiologikom illar ta’sirida paydo bo 1m ay, bujarayonda ijtimoiy 
omillaming roli ham nihoyatda katta bo ‘lgan. Shu sababdan ham 
antropologiya fani fanlar sistemasida tutgan o ‘rni olimlar orasida 
turli bahslarning avj olishiga sababchi bo ‘lmoqda.
Ijtimoiy antropologiya esa qadimgi odamlarni hayot kechirish 
shakllari to ‘da, guruh bo‘lgan jam oa oila bo "lib yashash ular 
ichidagi va orasidagi mimosabatlarm o ‘rganuvchi fandir.
Pedagogik antropologiya turli yoshdagi odamlar (ham 
o ‘quvchi ham o ‘qituvchi) bilan olib boriladigan ta ’lim-tarbiyaning 
atrofidagi ijtimoiy muhiti bilan b o g iiq holda o ‘rganuvchi fan 
bo‘lib, u pedagogika fanining tayanchi sanaladi.
Inson organik olamning eng kenja farzandi shu bilan birga 
m o“jizasi bo ‘lib, uning qanday shakllanganligini o ‘rganish ham 
biologik ham ijtimoiy fan oldida turgan hal etilishi lozim bo ‘lgan 
muammolarning eng muhimi hisoblanadi.

Yüklə 5,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin