Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141
720 (1)

Nazorat uchun savollar: 
1.
To’qimalar kulturasi 
2.
Hujayra biotexnologiyasi 
3.
O’simlik fermentlari 
4.
O’simlik hujayralarining genetik transformatsiyasi. 


Transgen o’simliklar yaratish texnologiyasi. Kallus to’qimasi 
Ma’ruza rejasi
1.
O’simliklarning agrobakterial transformatsiyasi 
2.
O’simliklarni mikroklonal ko’paytirish 
3.
Ti-plazmidasi 
Tayanch atama va iboralar: Ti-plazmida, meristema, agrobakterial transformatsiya, t 
DNK, fitogarmon
Agrobacteria
guruhiga kiruvchi tuproq bakteriyalari orasida o'simliklarda shish hosil 
qiluvchi turlari bor. O'simlik shikastlangan yoki kesilgan eridan bakteriya kirib oladi. 
So'ngra kirgan eridan shish hosil qiladi. Bu shish 
tojsimon gall
deyiladi. Tojsimon 
gall hujayralari ko'p jihatdan hayvonlardagi saraton kasalligi hujayralariga o'hshab 
ketadi. Tojsimon gall hujayralari to'htovsiz o'sib borish hususiyatiga ega. 
Normal o'simlik hujayralarining o'sishi uchun mahsus gormonlar zarur. Biroq 
tojsimon gall hujayralari 
in vitro
sharoitda mahsus gormonlarsiz ham o'saveradi. 
Bakteriyalar antibiotiklar yordamida nobud qilinsa ham bu hujayralar o'sish 
qobiliyatini yo'qotmaydi. 
O'simlikda shish chaqiruvchi bakteriyalardan biri - 
Agrobacterium tumefaciens. 
Bu bakteriyani o'rganish natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, o'simlikdagi shishni 
bakteriyaning Ti-plazmidasi chaqirar ekan. Bunda plazmida o'simlik hromosomasiga 
qisman qo'shilib ketadi. 


13-rasm.
Agrobacterium tumefaciens bakteriyasi ta'sirida tojsimon gallni (shish) hosil bo'lishi. 
O'simlikdagi shishni bakteriyaning Ti -plazmidasi chaqiradi. Bakteriya o'simlik tanasiga kirganida Ti -
plazmidaning T-qismi (T-DNK ya'ni transformatsiyalovchi DNK) o'simlik genomiga qo'shiladi. T -DNKdan 
tashqari plazmidaning yana 3 ta zonasi bor; vir- 
T-DNKni kesuvchi va o'simlik hujayrasiga kirituvchi genlar 
zonasi, 
tra
-bakteriyaning kon'yugatsiyasini nazorat qiluvchi genlar zonasi, 
ori
-
Ti-plazmida replikatsiyasini 
boshqaruvchi genlar zonasi.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin