Biotexnologiya


Keyingi vaqtlarda hujayra muxandisligini



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
720 (1)

Keyingi vaqtlarda hujayra muxandisligini
qo‘llanishi natijasida hayvonlarning klonini olish 
biotexnologiyasi yaratildi. Klon asosan bir bakteriya hujayrasining bo‘linishi natijasida hosil 
bo‘lgan, irsiyati miqdor va sifat jihatidan bir xil, teng bo‘lgan bakteriya koloniyasi yoki aynan bir 
gendan ko‘chirib olingan gen nusxalari yig‘indisini tashkil etadi YUksak hayvonlar vegetativ yo‘l 
bilan ko‘paymasligi sababli ularning klonlarini olish yaqin yillargacha muammo bo‘lib, 1977 yilda 
ingliz olimi 
J.Gerdon
tomonidan hujayra muxandisligi usulini qo‘llanishi natijasida yuksak 
hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. 
So‘nggi yillarda eng ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan qoramol tuxum hujayrasini sun’iy 
sharoitda urug‘lantirilgandan keyin zotsiz qoramolga ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan zotli qoramol 
klonini yaratish biotexnologiyasi amaliy samara berdi. 
Molekulyar genetika, hujayra muxandisligi hamda gen muxanisligi fanlarining rivojlanishi 
biotexnologiya fanining istiqbolini yana ham oshirdi. Natijada tadqiqotchilar hujayra genotipini 
qayta tuzish va genotipga, maqsadga muvofiq yot genlar kiritish evaziga hujayra irsiyatini 
o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Irsiyati o‘zgartirilgan hayvon tuxum hujayrasidan sun’iy 
sharoitda etuk organizm yaratash biotexnologiyasi ishlab chiqildi.
Irsiy kasallik keltirib chiqaruvchi genlarni izlab topish, ajratib olib ularni o‘rganib, sog‘lom 
genlar bilan almashtirish evaziga irsiy sog‘lom hayvonlar turini yaratishdek o‘ta qimmatli 
texnologiya vujudga keldi.Hayvon organizmini transformatsiya qilish va bu jarayonda ishlatiladigan 
markerlar tizimi ishlab chiqildi. Hayvon viruslari asosidagi vektor molekulalar konstruksiyalari 
yaratildi. Hayvon organizmiga genlarni kiritish va gen terapiyasining ko‘pgina muammolari echildi. 
Rekombinant DNK olish texnologiyasidan foydalanib, gormon moddalarni mikrobiologik sintez 
qilish, tez rivojlanuvchi transgen hayvon olish, rekombinant DNKni zigotalarga kiritish, yadroni 
klonlash texnologiyalari yaratildi. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin