Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
720 (1)

MASHG‘ULOT № 5 
Mavzu: Molekulyar biologiyaning asosiy postulati. Molekulyar biologiyada E. Coli 
bakteriyasini ishlatilishi
Mashg'ulot shakli:
«Biotexnologiya» yo‘nalishitalabalariuchunamaliy mashg‘uloti. 
Mashg'ulot uslubi:
«FSMU » texnologiyasi . 
Mashg‘ulotmaqsadi:
genetika, molekulyar biologiya fanlarining qisqacha vujudga 
kelish tarihi, sohada erishilgan yutuqlar, genetika qonunlari, molekulyar biologiyaning 
asosiy postulati, 
E. coli
bakteriyasi


Mavzuning ahamiyati:
gen muhandisligi genetika va molekulyar biologiya sohasida 
erishilgan yutuqlar asosida dunyoga keldi 
Ishningnazariyqismi 
Aminokislotalar, nukleotidlar kabi sodda organik molekulalar birlashib yirik 
polimerlar hosil qiladilar. 2 ta aminokislota bir-biri bilan peptid bog'i, 2 ta nukleotid 
esa bir-biri bilan fosfodiefir bog'i orqali birikadi. Bunday reaktsiyalarning izchillik bilan 
takrorlanishi natijasida chiziqli polimerlar hosil bo'ladi. Bu polimerlar 
polipeptidlar
va 
polinukleotidlar
deb ataladi.
Polipeptidlar ya'ni oqsillar va polinukleotidlar DNK va RNK ko'rinishida juda 
muhim komponent hisoblanadi. Oqsillar 20 ta aminokislotadan iborat. DNK, RNK 
molekulalari esa bor yo'g'i 4 ta nukleotiddan tashkil topgan. Hujayrada ham DNK, ham 
RNK mavjud. Har biri o'z funktsiyasini bajaradi.
Polinukleotidlar strukturasi ahborotni saqlash va uzatish uchun yahshi moslashgan. 
Polinukleotidlar orasida kimyoviy jihatdan farqlar bor. Ana shu farqlar hisobiga bu 
moddalar turli hil vazifalarni bajaradilar. Masalan, DNK genetik ahborot ombori. 
Chunki uning molekulasi RNK molekulasiga nisbatan barqaror. Tirik organizmning 
tuzilishi va uning funktsiyalari haqidagi barcha ahborot ushbu organizmning genetik 
materialida saqlanadi. Genetik materialning asosini esa DNK tashkil etadi.
DNK uzun ikki zanjirli polimer molekula. Bu gigant molekulada organizmning 
hamma belgilari, hususiyatlari «yozilgan». Birinchi zanjirdagi monomerlar ketma-
ketligi ikkinchi zanjirdagi monomerlar ketma-ketligi bilan komplementar. Ya'ni bir-
biriga muvofiq. Komplementarlik printsipi dastlabki va yangi sintez bo'lgan 
molekulalarni bir-biriga o'hshah bo'lishini ta'minlaydi (
replikatsiya
).
Matritsa asosida komplementar nusha ko'chirish mehanizmi (replikatsiya) biologik 
sistemalarda ahborot uzatilishining markaziy o'rnini egallaydi. Har bir hujayraning 
genetik ahboroti uning polinukleotidlaridagi azot asoslari ketma-ketligiga kodlangan. 
Genetik ahborot azot asoslarining komplementar ravishda ko'payishi sababli avloddan-
avlodga o'tadi.
Genlar
deb o'ziga hos nukleotidlar ketma-ketligiga ega bo'lgan va funktsional 
oqsillar yoki RNK kodini saqlagan individual genetik elementlarga aytiladi. Genlar 
hujayra yadrosida hromosomada joylashgan. Ayrim genlarda bor-yo'g'i 800, 
ayrimlarida esa millionga yaqin nukleotidlar jufti bor. Odam genlarining soni - 80-90 
ming. Ba'zi genlar (strukturaviy) oqsillarni, ba'zilari faqat RNK molekulasini kodlaydi.
RNK sintezi (

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin