6
Gistidin
Н
16
Тirozin
7
Glitsin
G
17
Тreonin
т
8
Glutamin
Q
18
Тriptofan
W
9
Glutamin kislota
ɛ
19
Fenilalanin
F
10
Izoleytsin
I
20
Sistein
С
Bir aminokislotaning karboksil guruhi va ikkinchi aminokislotaning aminoguruhi
o'rtasida peptid bog'i hosil bo'ladi. Oqsil molekulasidagi eng birinchi aminokislota erkin
aminoguruhga (N-uchi), ohirgi aminokislota esa erkin karboksil guruhga (C-uchi) ega.
Oqsil molekulasida 40 dan 1000 gacha aminokislota qoldig'i bo'ladi.
Molekulasidagi aminokislotalar ketma-ketligi va aminokislotalar turiga ko'ra
oqsil har
hil konformatsion shaklga kiradi. Ko'pchilik faol oqsillar
ikki yoki undan ortiq
polipeptid zanjiridan iborat bo'ladi. Asosiy funktsiyalarni bajaruvchi oqsillar ko'plab
polipeptid zanjirlar – subbirliklardan tuzilgan.
Oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini RNK zanjiridagi
nukleotidlar ketma-
ketligi belgilaydi; 3 ta nukleotid (triplet) 1 ta aminokislotani kodlaydi.
Nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborotni aminokislotalar tiliga o'tkazishda
RNK muhim zveno bo'lib hizmat qiladi. RNK DNK ma'lum uchastkalarida sintezlanadi.
RNK polinukleotid molekula bo'lib, DNK dan 2 ta parametr bo'yicha farq qiladi:
1.
RNK da 2 ta gidroksil guruh saqlovchi riboza bor.
2.
RNK da timin o'rnida uratsil joylashgan.
RNK ning bir zanjirli bo'lishining sabablari:
hujayraviy tuzilishga eha bo'lgan organizmlarda RNK asosida RNK sintez bo'lishini
katalizlaydigan ferment yo'q (ayrim viruslar bundan mustasno);
uratsilda metil guruh yo'q, shuning uchun u adenin bilan mustahkam bog'lana olmaydi,
buning natijasida RNK o'zining ikkinchi komplementar zanjirini «ushlab» turolmaydi.
RNK bir zanjirli bo'lgani uchun spiral bo'lib buralmagan. Uning 3 hil turi bor:
informatsion yoki matritsali RNK (iRNK yoki mRNK);
ribosomal RNK (rRNK);
transport RNK (tRNK)
Dostları ilə paylaş: