Prokaiotlarda barcha turdagi RNKlar transkriptsiyasi bitta RNK – polimeraza
ishtirokida kechadi. Eukariotlarda esa mRNK, rRNK, tRNK boshqa-boshqa RNK-
polimerazalar ishtirokida sintezlanadi.
Prokariotlardagi DNKda genlar ketma-ket joylashgan,
eukariotlarda esa DNK
ning ayrim zonalarida hech qanday ahborot saqlanmaydi. DNK ning ahborot saqlovchi
qismi
ekzonlar
,ahborot saqlamaydigan qismi esa
intronlar
deyiladi. Transkriptsiya
jarayoni tugaganidan keyin intronlar mahsus fermentlar yordamida kesiladi.
Natijada
mRNKda faqat ekzonlar qoladi va ular bir-biriga birikadi (
splaysing
). Ekzonlar uzunligi
ko'pincha 150-200 ta nukleotid bo'lsa, intronlar uzunligi 40-10 000 nukleotidgacha
bo'ladi.
Hujayradagi RNK larning foiz ulushi:
mRNK 3-5%;
rRNK 90%;
tRNK 4%.
Nisbatan yirik rRNK molekulasi oqsillar bilan
birikib ribosomaning katta
subbirligini tashkil qiladi. Kichikroq rRNK esa kichik subbirlikni hosil qiladi. Oqsil
sintezida ikkala subbirliklarning qo'shilishidan ribosoma paydo bo'ladi. rRNK ribosoma
massasining 60% tashkil etadi.
Hujayrada ribosomalardan tashqari 60 ga yaqin turli hil tRNK mavjud. tRNK bir
zanjirli molekula bo'lib, nukleotidlari soni 75 dan 93 gacha bo'ladi.
aminoatsil-tRNK-
sintetaza fermenti yordamida tRNKning 3'-uchiga aminokislota ulanadi. 20 ta
aminokislotaning har biriga alohida tRNK bor. tRNKning ikkinchi uchidagi ohirgi 3 ta
nukleotid
Dostları ilə paylaş: