o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va
aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa oqsilning polipeptid
zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi.
Ribosomalar esa
boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va aminokislota
kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi oqsil
sintezi uchun juda muhimdir.
Escherichia coli
Escherichia coli bakteriyasi yahshi o'rganilgan organizmlar toifasiga kiradi. Ohirgi 50
yil ichida ushbu bakteriya haqida juda ko'p ma'lumot yig'ildi. Escherichia coli grammanfiy
nopatogen bakteriya bo'lib, kattaligi 1 mkm. U inson ichagida, suvda va tuproqda uchraydi.
Tarkibida
Na
+
, К
+
, Mg
2+
, Са
2+
, NH
4
+
, С1
-
, НР0
4
2-
, S0
4
2-
ionlari, mikroelementlar, uglerod
manbai (masalan, glyukoza) saqlagan muhitda oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payadi.
Shuning uchun
Е. coli
ilmiy tadqiqotlarda keng foydalaniladi.
Е. coli aminokislot
alar,
tuzlar,
vitaminlar, mikroelementlar, uglerod manbai bilan boyitilgan suyuq ozuqa
muhitiga ekilsa, uning ko'payishi uchun 37°C haroratda 22 minut kifoya qiladi.
6-rasm. Prokariot (A) va eukariot (B) hujayraning shematik ko'rinishi.
Е. coli aerob (kislorodli) va anaerob (kislorodsiz) sharoitda ham ko'payaveradi.
Biroq Е. coli yordamida mahsulot olishda asosan aerob muhitdan foydalaniladi.
Boshqa mikroorganizmlar ham huddi shunday – mahsulot olish uchun odatda aerob
muhitga ekiladi.
Agar laboratoriyada bakteriyani o'stirishdan maqsad biror bir oqsilni sintez qilish
va uni ajratish bo'lsa, kolbaga murakkab suyuq ozuqa muhiti tayyorlanadi va unga
ekiladi. Muhitni kerakli aeratsiya bilan ta'minlash uchun kolba uzluksiz chayqatiladi
(bunday aeratsiya mikroorganizmlar ko'payishi uchun etarli bo'lsada, oqsil sintezi
uchun kamlik qilishi mumkin). Temperatura doimiy bo'lishi uchun esa kolba suv
hammomiga solinadi.
Ozuqa muhitida erigan kislorod miqdori oshsa, oqsil sintezi va hujayraning
bo'linishi to'htaydi. Bu esa sanoat miqyosida mikroorganizmlardan foydalanib oqsil
ishlab chiqarishda juda muhimdir. Sanoat miqyosida mikroorganizmlardan foydalanib
maksimal darajada oqsil ishlab chiqarish uchun optimal shart-sharoitlar yaratiladi.