Penicillium
Penitsill (
lot.
Penicillium) — oziq-ovqat mahsulotlaridan o'sib
chiqadigan va ularni
buzadigan mog'or zamburug'i. Aleksandr Fleming tomonidan yaratilgan ilk penitsillin
antibiotigi
Penicillium notatum
zamburug'idan olingan.
1897 yil lionlik (Frantsiya) yosh harbiy vrach Ernest Dyushen otlar uchun yangi
tayyorlangan egarni mog'orlagishini payqadi. Otlarni parvarishlovchi
arab bolalari
mog'orlagan egarlarni otlardagi jarohatlarga surtayotganligini ko'radi. Dyushen
mog'orni o'rganib, unga
Penicillium glaucum
deb nom beradi.
Dyushen tif kasalligini
davolash maqsadida mog'orni dengiz cho'chqalarida sinab ko'radi va uni
Escherichia
coli
bakteriyasini nobud qilishini aniqlaydi. Bu – penitsillin ustida o'tkazilgan eng
birinchi klinik sinov edi.
Dyushen ilmiy tadqiqotlari natijalarini doktorlik dissertatsiyasi shaklida Parijdagi
Paster institutiga taqdim etadi. Yosh olim ushbu yo'nalishda
tadqiqotni ana shu
institutda davom ettirishni juda hohlaydi. Lekin nima uchundir Paster instituti uni
qo'llab-quvvatlamaydi. Ehtimol bunga olimning yoshi sabab bo'lgandir. Chunki o'sha
vaqtda Dyushen bor-yo'g'i 23 yoshda edi. Dyushen o'limidan 4 yil keyin – 1949
yil ser Aleksandr Fleming penitsil zamburug'ining antibiotiklik hususiyatini aniqlagani
uchun Nobel' mukofotiga sazovor bo'ladi. Penitsil zamburug'i
aslida tuproqda
yashaydi. Zamburug'ni turli substratlarda (asosan o'simliklarda) yashil yoki havorang
mog'or shaklida uchratish mumkin. Penitsil zamburug'i aspergilus zamburug'iga juda
o'hshaydi. Aspergilus zamburug'i ham mog'or zamburug'lari turkumiga kiradi.
Penitsilning vegetativ mitseliylari shohlangan bo'ladi. Mitseliylar shaffof va ko'plab
hujayralardan tashkil topgan. Penitsil giflari yoki substratning ichida, yoki tashqi
yuzasida bo'ladi. Penitsil sporalar yordamida ko'payadi. «Penitsil» atamasi fanga 1929
yil Fleming tomonidan kiritilgan. Bahtli tasodif tufayli, Fleming mog'orni antibakterial
hususiyatini
kashf etdi va uni
Penicillium rubrum
deb nomladi. Oradan yillar o'tib
Charl'z Tom bu zamburug'ga
yangi nom berdi –
Penicillum
notatum
.
Ayrim
ma'lumotlarga
ko'ra,
penitsillin ilk marotaba
1942
yil
rus
olimi
Z.V.Ermol'eva
tomonidan
olingan.
Dostları ilə paylaş: