Mavzuning ahamiyati: gen muhandisligi genetika va molekulyar biologiya sohasida
erishilgan yutuqlar asosida dunyoga keldi
Ishningnazariyqismi Aminokislotalar, nukleotidlar kabi sodda organik molekulalar birlashib yirik
polimerlar hosil qiladilar. 2 ta aminokislota bir-biri bilan peptid bog'i, 2 ta nukleotid
esa bir-biri bilan fosfodiefir bog'i orqali birikadi. Bunday reaktsiyalarning izchillik bilan
takrorlanishi natijasida chiziqli polimerlar hosil bo'ladi. Bu polimerlar
polipeptidlar va
polinukleotidlar deb ataladi.
Polipeptidlar ya'ni oqsillar va polinukleotidlar DNK va RNK ko'rinishida juda
muhim komponent hisoblanadi. Oqsillar 20 ta aminokislotadan iborat. DNK, RNK
molekulalari esa bor yo'g'i 4 ta nukleotiddan tashkil topgan. Hujayrada ham DNK, ham
RNK mavjud. Har biri o'z funktsiyasini bajaradi.
Polinukleotidlar strukturasi ahborotni saqlash va uzatish uchun yahshi moslashgan.
Polinukleotidlar orasida kimyoviy jihatdan farqlar bor. Ana shu farqlar hisobiga bu
moddalar turli hil vazifalarni bajaradilar. Masalan, DNK genetik ahborot ombori.
Chunki uning molekulasi RNK molekulasiga nisbatan barqaror. Tirik organizmning
tuzilishi va uning funktsiyalari haqidagi barcha ahborot ushbu organizmning genetik
materialida saqlanadi. Genetik materialning asosini esa DNK tashkil etadi.
DNK uzun ikki zanjirli polimer molekula. Bu gigant molekulada organizmning
hamma belgilari, hususiyatlari «yozilgan». Birinchi zanjirdagi monomerlar ketma-
ketligi ikkinchi zanjirdagi monomerlar ketma-ketligi bilan komplementar. Ya'ni bir-
biriga muvofiq. Komplementarlik printsipi dastlabki va yangi sintez bo'lgan
molekulalarni bir-biriga o'hshah bo'lishini ta'minlaydi (
replikatsiya ).
Matritsa asosida komplementar nusha ko'chirish mehanizmi (replikatsiya) biologik
sistemalarda ahborot uzatilishining markaziy o'rnini egallaydi. Har bir hujayraning
genetik ahboroti uning polinukleotidlaridagi azot asoslari ketma-ketligiga kodlangan.
Genetik ahborot azot asoslarining komplementar ravishda ko'payishi sababli avloddan-
avlodga o'tadi.
Genlar deb o'ziga hos nukleotidlar ketma-ketligiga ega bo'lgan va funktsional
oqsillar yoki RNK kodini saqlagan individual genetik elementlarga aytiladi. Genlar
hujayra yadrosida hromosomada joylashgan. Ayrim genlarda bor-yo'g'i 800,
ayrimlarida esa millionga yaqin nukleotidlar jufti bor. Odam genlarining soni - 80-90
ming. Ba'zi genlar (strukturaviy) oqsillarni, ba'zilari faqat RNK molekulasini kodlaydi.
RNK sintezi (