Nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborotni aminokislotalar tiliga o'tkazishda
RNK muhim zveno bo'lib hizmat qiladi. RNK DNK ma'lum uchastkalarida sintezlanadi.
RNK polinukleotid molekula bo'lib, DNK dan 2 ta parametr bo'yicha farq qiladi:
3.
RNK da 2 ta gidroksil guruh saqlovchi riboza bor.
4.
RNK da timin o'rnida uratsil joylashgan.
RNK ning bir zanjirli bo'lishining sabablari:
hujayraviy tuzilishga eha bo'lgan organizmlarda RNK asosida RNK sintez bo'lishini
katalizlaydigan ferment yo'q (ayrim viruslar bundan mustasno);
uratsilda metil guruh yo'q, shuning uchun u adenin bilan mustahkam bog'lana olmaydi,
buning natijasida RNK o'zining ikkinchi komplementar zanjirini «ushlab» turolmaydi.
RNK bir zanjirli bo'lgani uchun spiral bo'lib buralmagan. Uning 3 hil turi bor:
informatsion yoki matritsali RNK (iRNK yoki mRNK);
ribosomal RNK (rRNK);
transport RNK (tRNK)
Dostları ilə paylaş: