Biotexnologiya


antikodon deyiladi. Antikodon mRNKdagi  kodon



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141
720 (1)

antikodon
deyiladi. Antikodon mRNKdagi 
kodon
ni tanib oladi va 
sintezlanayotgan oqsil molekulasiga qanday aminokislota kelib birikishiga javob beradi.
Translyatsiya (oqsil sitezi) mRNK, turli tRNK va boshqa faktorlar yordamida 
amalga oshadi.
Ikkita yoki undan ortiq oqsillar kodini saqlovchi nukleotidlar ketma-ketligi 
operon
 deyiladi.
Hujayrada mRNK va oqsil sintezi qat'iy tartibda bajariladi. Hujayrada bir vaqtning 
o'zida ham transkriptsiya, ham translyatsiya jarayonlari sodir bo'lmaydi. Chunki buning 
uchun hujayrada etarlicha resurs mavjud emas. Prokariotlar va eukariotlar hujayradagi 
faqat eng zaruriy, eng asosiy funktsiyalarni bajarish uchun kerak bo'ladigan mRNKni 
sintezlaydi.
Aminokislotalarning ATF (adenozintrifosfat) ishtirokida faollanish jarayoni 
polipeptid zanjir hosil bo'lishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Faollanish jarayoni 
fermentlar yordamida kechadi. Bunda aminoatsiladenilatlar hosil bo'ladi. Keyin 
aminoatsil-tRNK-sintetaza fermenti ta'sirida (har bir aminokislota uchun mahsus 
o'zining fermenti bor) aminokislota faollanadi va tRNK bilan bog'lanadi. tRNK va 
aminokislota kompleksi ribosomaga boradi. Ribosomada esa oqsilning polipeptid 
zanjiri sintezlanadi. Sintezlangan oqsil ribosomalardan ajraladi. Ribosomalar esa 
boshqa yangi oqsil molekulasini sintez qilish uchun yangi tRNK va aminokislota 
kompleksini «kutib» turadi. Shunday qilib, ribosomalarning faolligi va yahlitligi oqsil 
sintezi uchun juda muhimdir. 


O‘YINLI TEXNOLOGIYA – «BAXS»
Baxs – muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo‘lib 
tadbiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati yoki raqibining fikrini asrash, uni 
inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o‘z monopoliyasini o‘rnatadi. Baxs-munozara 
borishining turli variantlari mavjud: 
– evrestik yondashuvlar tomonlaridan biri muammoning echimi bo‘yicha 
o‘zining yondashuvini qabul qilishga urunmasdan ishontirish, ichki tuyg‘u, sog‘lom 
aqldan foydalangan holda baxs ishtirokchilarini o‘zining nuqtai nazariga og‘dirib oladi;
– mantiqiy yondashuvdagi baxsga o‘ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil 
isbotlar xarakterli bo‘lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar; 
– sufiyona yondashuv – unda tomonlardan biri o‘z raqibini donolik qilib 
mag‘lub qilishi ham mumkin; 
– avtoritar yondashuv – unda tomonlardan bir o‘zining obro‘sidan foydalanib, 
o‘z nuqtai nazarini o‘tkazish mumkin; 
– tanqidiy yondashuv – baxs ishtirokchilaridan ba’zilari o‘z raqibining faqat 
kamchiliklari, kuchsiz o‘rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va aksincha raqibining 
fikridagi ijobiy unsirlarini ko‘rinishga intilmaydi va muammoning echimi bo‘yicha o‘z 
takliflarini ham bera olmaydi;
– dogmatik yondashuv – unda tomonlardan biri baxsni haqiqatni o‘z manfati 
uchun o‘zining shahsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi; 
– pragmatik yondashuv – ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina 
haqiqatni o‘rnatish uchungina baxs yuritmaydi, balki undan o‘zlarining yashirin va baxs 
ishtirokchilariga ma’lum bo‘lmagan amaliy manfatlariga burish uchun foydalaniladi
Bahsni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim: 
– oponentining o‘z fikrini asoslovchi so‘zini tinglab, kuzatib borish; 
– oponentini so‘zlashdan to‘xtatib qo‘yishga shoshilmasligi; 
– mayda – chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini ko‘rishga, 
tushinishga harakat qilishi; 


– kuchsiz o‘rinlar, dalil isbotlar, misollar topish va tahlil qilish
– opponentini o‘zidan kuchli deb hisoblamaslik; 
– o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yish va ishonishga ruju bermaslik; 
– qo‘rqish raqib oldida mag‘lubiyat ekanligini esda tutish. 

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin