Dastlab DNKning ma'lum uchastkasida mRNK (matritsali yoki informatsion RNK)
sintez bo'ladi. Hayvon hujayralarida bu jarayon yadroda amalga oshiriladi. Keyin
ahborot tRNK (transport RNK) ishtirokida sitoplazmaga o'tkaziladi. Sitoplazmada
mRNK, tRNK, fermentlar va boshqa faktorlar yordamida oqsil molekulasi sintezlanadi.
Boshqacha
qilib aytganda, DNKdagi nukleotidlar tilida yozilgan genetik ahborot
aminokislotalar
tiliga
o'giriladi.
Oqsilning
tuzilishi
va
funktsiyasi
uning
aminokislotalari ketma-ketligiga bog'liq.
DNK va RNKdagi nukleotidlar energiyani tashuvchilik vazifasini ham bajaradilar.
DNK strukturasi – bu chiziqli polimer. Uning monomerlari (nukleotidlar) azot
asoslari, pentoza va fosfat guruhidan iborat. Fosfat guruhi 5'-uglerod atomiga, pentoza
esa 1' – uglerod atomiga birikkan.
Har bir nukleotidning o'z nomi bor. DNK asoslari 2 hil bo'ladi:
purin asoslari (adenin-A, guanin-G);
pirimidin asoslari (sitozin-C, timin-T(RNKda uratsil-U)).
Nukleotidlar L va D optik izomerlar shaklida bo'ladi. Barcha tirik organizmlar o'z
nukleotidlarini «qurishda» D – shakldagi izomerlardan foydalanadilar. L – shakldagi
izomerlar DNK sintezi uchun javob beradigan fermentlarni ingibirlaydi.
DNKda 1ta gidroksil guruhi bo'lgan 2'-dezoksiriboza bor. RNKda esa 2ta
gidroksil guruhi bo'lgan riboza bor. Nukleotidlar bir-biri bilan fosfodiefir bog'i
orqali
bog'langan. Bunda bir nukleotidning 5'- uglerod atomi fosfat guruhi «qo'shni»
nukleotidning 3'- gidroksil guruhi bilan bog'langan. Polinukleotid zanjirning bir uchi
3'-ОН (3'-uchi), ikkinchi uchi esa 5'-fosfat guruhi (5'-uchi) bilan tugallanadi.
-rasm. DNK, RNK va nukleotidlar. Nukleotiddagi azot atomi shtrih chiziqda belgilangan. Uning shu
eridan dezoksiriboza yoki riboza ulanadi.
Nativ
8
DNK spiral hosil qiluvchi 2 ta polimer zanjirdan iborat. Zanjirlar bir-biri
bilan vodorod bog'lari orqali bog'langan. Adenin faqat timin bilan, guanin esa faqat
sitozin bilan birikadi. Adenin-timin juftligi 2 ta, guanin-sitozin juftligi 3 ta
vodorod
bog'lari orqali birikkan.
Ikki zanjirli DNK uzunligi komplementar nukleotidlar juftlarining soni bilan
o'lchanadi. Masalan, odamning DNK molekulasi 263 million nukleotidlar juftidan
tashkil topgan.
DNK molekulasi zanjirlari
bir-biriga antiparallel; biri 3'→5' yo'nalishda,
ikkinchisi 5'→3' yo'nalishda tuzilgan.
Genetik informatsiyani tashuvchisi ikki talabga javob berishi lozim:
yuqori aniqlikda replikatsiyalanishi kerak;
oqsil molekulalari sintezini kodlashi kerak.
Komplementarlik printsipiga muvofiq, har bir DNK zanjiri yangi komplementar
zanjirning hosil bo'lishi uchun matritsa bo'lib hizmat qila oladi.Agar hujayra
bo'linadigan bo'lsa, ribosomalarda DNK molekulasidan nusha ko'chiriladi. Bunda DNK
8
Lotincha
NATIVUS so'zidan olingan tug'ma, tabiiy, o'zgarmagan kabi ma'nolarni anglatadi.
zanjirlari bir-biridan ajraladi. Har bir zanjir o'sha zahoti aynan o'zi bilan bir hil bo'lgan
ikkinchi zanjirni sintezlaydi. Natijada 2 ta bir hil hromosoma hosil bo'ladi.
Hosil
bo'lgan hromosomalar bo'linayotgan hujayralarga taqsimlanadi. Hujayraviy tuzilishga
ega bo'lgan barcha tirik organizmlarda irsiy belgilar ota-onadan keyingi avlodlarga shu
tarzda o'tadi.
Replikatsiyaning har bir raundida DNK molekulasi bilan bir hil 2 ta yangi
molekula hosil bo'ladi. Strukturaviy gendagi nukleotidlar
ketma-ketligi u kodlaydigan
oqsildagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi. Shuningdek DNKning har bir
zanjiri yangi hosil bo'ladigan zanjir uchun matritsa (qolip) vazifasini bajaradi.
Matritsadagi azot asoslari ketma-ketligi yangi zanjirdagi azot asoslari ketma-ketligi
qanday bo'lishini belgilaydi.
Prokariot va eukariot hujayralarda DNK sintezi turli
hil fermentlar ishtirokida
kechadi. Asosiy rolni DNK-polimeraza fermenti o'ynaydi. Bu ferment fosfodiefir
bog'lari hosil bo'lishini katalizlaydi. Hamda o'sayotgan polinukleotid zanjiri zvenolarini
komplementarlik printsipi asosida bir-biriga ulaydi.
DNKni parchalash uchun agaroza (dengiz suv o'tlaridan ajratiladigan polisaharid)
asosida mahsus gellar yaratilgan. Agaroza gelida DNK molekulasini parchalash usuli
Dostları ilə paylaş: