Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   141
720 (1)

pul's-elektroforez
deyiladi.
Ko'pchilik sut emizuvchilarning gemoglobin, insulin, sitohrom C genlarining 
nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan.
DNKdagi ahborotning hajmi shu darajada kattaki, uni saqlash va tahlil qilish 
uchun superkomp'yuterlar kerak bo'ladi. 
Ma'lum tipdagi hujayrada aynan qaysi genlar faolligini bilish uchun 
DNK-
futprinting
usulidan foydalaniladi. Buning uchun DNK fragmentlari Р
32
bilan 
belgilanadi, nukleaza fermentlari bilan parchalanadi, gelda ajratiladi va radioavtografda 
tasvir hosil qilinadi. Agar DNKning suvli eritmasini 100°C qizdirilsa va ishqor solinsa 
(pH-13.0) komplementar juftlar bir-biridan uziladi. Natijada DNK ning ikkala zanjiri 
bir-biridan ajraladi. Bu jarayon 
DNK denaturatsiyasi
deyiladi. Avvallari bu jarayon 
qaytmas deb hisoblanar edi. Biroq DNKning ajralib ketgan komplementar zanjirlari 
65°С haroratda birmuncha vaqt saqlansa, spiral struktura yana tiklanadi. Bu jarayon 
renaturatsiya
deyiladi. 
Aksariyat genlarda oqsillar sintezi haqidagi ahborot saqlanadi. Oqsillar 
aminokislotalardan tuzilgan universal moddalardir. Ularda reaktsiyaga kirishuvchi 
guruhlar juda ko'p. Ular ko'plab strukturaviy va funktsional vazifalarni bajaradilar. 
Oqsillar tirik organizmlarda kechadigan deyarli barcha jarayonlarda ishtirok etadilar
biokimyoviy reaktsiyalarni katalizlaydilar, hujayralar orasida va ularning ichida 
transport vazifasini bajaradilar va h.k.


Oqsillar tirik organizmning «qurilish materiali» bo'libgina qolmay, balki tayanch-
harakat sistemasida ishtirok etadi, infektsiya va toksinlardan himoya qiladi, moddalar 
sintezini boshqaradi.
Hamma aminokislotalarning kimyoviy tuzilishi bir-biriga o'hshash; markaziy 
uglerod atomiga vodorod atomi, aminoguruh, karboksil guruh va yon zanjir ulangan. 20 
hil aminokislotaning yon zanjirlari ham 20 hil; masalan, alaninda metil guruhi yon 
zanjir vazifasini bajaradi (jadval 3).

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin