Biotexnologiya



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141
720 (1)

Nazoratuchunsavollar. 
1. Nuklein kislotalar organizmda qanday funktsiyani bajaradi?
2. Nukleotidlar nima? 
3. Nukleozidlar nima? 
4. Genetik kod nima? 
5. Aminokislotalar oqsil sintezida qanday funktsiyani bajaradi?
6. Translyatsiya jarayonini tushuntiring. 
7. Replikatsiya jarayonini tushuntiring. 
8. Transkriptsiya jarayonini tushuntiring. 
9. mRNK, tRNK, rRNK qanday funktsiyani bajaradi?
10. Mendel' qonunlarini eslang.
«FSMU» texnologiyasi 
 
 
Savol 
 
Karotinoidlar haqida 
 nimalarni bilasiz? 
(
F
) Fikringizni bayon eting. 
(
S
) Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating. 
(
M
) Ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil 
keltiring. 
(
U
) Fikringizniumumlashtiring. 
MASHG‘ULOT № 6 
Mavzu: Molekulyar biologiyada Saccharomyces cerevisiae va Penicillium 
zamburug'larining ishlatilishi.
 
Mashg'ulot 
shakli:
«Biotexnologiya» 
yo‘nalishitalabalariuchunlaboratoriya 
mashg‘uloti. 
Mashg'ulot uslubi:
«Blits o‘yin»texnologiyasi 


Mashg‘ulotmaqsadi:
genetika, molekulyar biologiya fanlarining qisqacha vujudga 
kelish tarihi, sohada erishilgan yutuqlar, genetika qonunlari, molekulyar biologiyaning 
asosiy postulati, 
Saccharomyces cerevisiae
va 
Penicillium
zamburug'lari
 
Mavzuning 
ahamiyati:
gen 
muhandisligida 
eksperimental 
model' 
sifatida 
asosan
Saccharomyces cerevisiae
va 
Penicillium
zamburug'lari ishlatiladi 
Ishningnazariyqismi 
Saccharomyces cerevisiae 
Saccharomyces cerevisiae zamburug'i – nopatogen bir hujayrali mikroorganizm. 
Hujayra diametri – 5 mkm. Ko'p jihatdan ichak tayoqchasiga o'hshaydi.
Saccharomyces cerevisiae metabolizmi, genetikasi va molekulyar biologiyasi yahshi 
o'rganilgan. Saccharomyces cerevisiae ichak tayoqchasi kabi oddiy ozuqa muhitida ham 
ko'payaveradi. Bu zamburug' qandlarni etanol va karbonat angidridga aylantira oladi. 
Qadimda zamburug'ning ushbu hususiyatidan alkogol ichimliklar, non mahsulotlari 
tayyorlashda foydalanilgan. Bugungi kunda butun dunyoda 1 mln.tonna Saccharomyces 
cerevisiae zamburug'i ishlatiladi. S. cerevisiae ilmiy tadqiqotlar uchun ham kerakli 
mikroorganizmdir. Hususan, eukariotlarni, jumladan, inson hujayralarini o'rganishda S. 
cerevisiae juda qulay model bo'lib hizmat qiladi. Chunki zamburug'ning aksariyat 
genlari insonnikiga o'hshashligi aniqlangan. Bu kashfiyot inson tanasida turli 
o'simtalarni paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi genlarni topish va ularni tavsiflashga 
imkon berdi. Shuningdek inson DNK sini o'rganishda albatta S. cerevisiae genetik 
sistemasidan foydalaniladi.
1996 yilda eukariotlar orasida eng birinchi bo'lib S. 
cerevisiae zamburug'i hromosomalaridagi barcha 
nukleotidlar 
ketma-ketligi 
aniqlandi. 
Bu 
esa 
zamburug'ning ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi.
Bakteriya hujayralarida sintezlangan oqsillarni 
ko'pincha fermentlar bilan ishlov berishga to'g'ri keladi. Buning uchun oqsil 
molekulasiga quyi molekulyar moddalar ham ulanadi. Agar yuqorida aytib o'tilgan 
ishlar amalga oshirilmasa, oqsil o'z funktsiyasini noto'g'ri bajarishi mumkin. Afsuski Е. 
coli va boshqa prokariotlar oqsil molekulasida bunday modifikatsion o'zgarishlarni 
amalga oshira olmaydi. Shuning uchun eukariotlarga mos oqsil ishlab chiqarish uchun 
Saccharomyces cerevisiae, Kluyveromyces lactis, Saccharomyces diastaticus
Schizisaccharomyces pombe, Yarrowia lipolytica, Pichia pastoris, Hansenula 
polymorpha kabi zamburug'lar ishlatiladi. Ular orasida rekombinant oqsillar sintezi 
uchun eng samarador produtsent P. pastoris va Н. polymorpha.

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin