362
tannarxi korxona ishini belgilab beruvchi muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri bо‘lib
hisoblanadi.
Tannarx deb mashulotni tayyorlash uchun sarflangan ishlab chiqarish
vositalari sarflarini, ishchilarning mehnat haqi yoki boshqa tashkilotlar tomonidan
bajarilgan xizmat haqini tо‘lash hamda mashulotni sotish xarajatlari yig‘indisiga
aytiladi.
Mashulot tannarxida ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflagan moddiy
xarajatlar, asosiy vositalarning amartizatsiya ajratmalari, ish haqi hamda ijtimoiy
sug’urta ajratmalar о‘z ifodasini topadi. Shuning uchun tannarx mashulot ishlab
chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar qiymatining pul shaklidagi kо‘rinishi
bо‘lib, xо‘jalik subyektlariga mashulot ishlab chiqarish necha pulga tushganligini
kо‘rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayoni buxgalteriya hisobining asosiy vazifalaridan biri
ishlab chiqarishga sarflanayotgan xarajatlarni sodir bо‘lishini nazorat qilib turish
va ularni hisobda tо‘liq aks ettirish bо‘lib hisoblanadi. Buning uchun ishlab
chiqarish sarflarini hisobga olish va mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni
yaxshi yo’lga qо‘yish lozim. Chunki, ishlab chiqarish maqsadlari uchun sarflangan
xarajatlarni turlari bо‘yicha aniq bilmasdan turib, korxonaning faoliyatiga samarali
rahbarlik qilish, uning iqtisodiy faoliyatini yo’lga qо‘yish, mashulot tannarxini
pasaytirish va foyda miqdorini oshirish mumkin emas. Ishlab chiqarish
xarajatlarini hisobga olish va ishlab chiqarilgan mashulotlarning tannarxini
aniqlash uchun buxgalteriya hisobida tegishli schyotlar ajratilgan. Bu schyotlardan
foydalanish ishlab chiqarilayotgan mashulotlarning turlariga, ishlab chiqarishning
texnollogiyasiga hamda uning tashkiliy va boshqa shu kabi xususiyatlariga bog‘liq
bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: