360
hisobotida aks ettiriladigan qoldig‘i bо‘lmaydi. Umumishlab chiqarish sarflari
quyidagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
Dt - 2500 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyoti
Kt - 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar”.
Kt - 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha
hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”.
Kt - 6510 - “Sug‘urta bо‘yicha tо‘lovlar”.
Kt - 3100 - “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”
Kt - 0200 - “Asosiy vositalarni eskirishi hisobga olinadigan schyotlar”
Hisobot oyi tugagandan keyin umumishlab chiqarish sarflari tayyor
mashulotlar tannarxiga qо‘shiladi. Buning uchun umumishlab chiqarish sarflarini
tayyor mashulotlarning alohida turlari orasida taqsimlash hisobi tuziladi. Shu
hisobga binoan:
Dt - 2000 - “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi
schyotlar”
Kt - 2510 - “Umum ishlab chiqarish xarajatlari” schyoti pravodkasi tuziladi.
Mashulot tannarxini kalkulyatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarish
xarajatlari mashulot turlari, buyurtmalar, tsexlar va ishlab chiqarish bо‘linmalari
hamda kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha guruhlanadi. Xarajatlarni bunday
umumlashtirish ishlab chiqarish xarajatlarining yig‘ma hisobi deb ataladi.
Mashulotning haqiqiy tannarxini aniqlashda yig‘ma hisobni korxonadagi ishlab
chiqarishning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilish muhim ahamiyatga
ega.
Dostları ilə paylaş: